Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ahli Bayt haqida qanday e’tiqodda bo‘lishimiz kerak?

Ahli Bayt haqida qanday e’tiqodda bo‘lishimiz kerak?

Nashr sanasi: July 12, 2025

Savol :

Ustoz, Ahli Bayt haqida so‘ramoqchi edim. Bir alaviy inson bilan suhbatlashib qoldim. Ular haqida qanday e’tiqodda bo‘lishimiz kerak?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ahli Bayt haqida fikr bildirish masalasi murakkab va nozik. Chunki bu toifa ichida har xil yo‘nalishdagi kishilar bor. Shuning uchun kim ekanini, qanday e’tiqodga egaligini aniqlab olish lozim.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ahli Bayt haqida fikr bildirish masalasi murakkab va nozik. Chunki bu toifa ichida har xil yo‘nalishdagi kishilar bor. Shuning uchun kim ekanini, qanday e’tiqodga egaligini aniqlab olish lozim.

Masalan, ba’zilari bor — Oisha onamizni (roziyallohu anho) haqlariga tuhmat qilib, “zino qilgan” deydilar. Bunday kishilar Qur’on oyatlariga qarshi chiqgan bo‘ladi. Chunki Nur surasida Alloh taoloning Oisha onamizni pok deb e’lon qilgani ochiq-oydin aytilgan. Ushbu tuhmatni qilganlarga Qur’onda jazo belgilangan. Shunga qaramay, kimki bu tuhmatga ergashsa, u Qur’onni yolg‘onchiga chiqargan bo‘ladi. Bu esa — dindan chiqish, ya’ni kufr hisoblanadi.

Yana ba’zilar bor — Ali roziyallohu anhuni “iloh” deb e’tiqod qiladi. Bu esa ochiq-oydin shirkdir. Chunki: “La ilaha illaLloh” degan e’tiqodga ziddir.

Yana boshqalar bor — barcha sahobalarni la’natlaydi. Alloh Qur’onda sahobalarni “Ular Allohdan rozi, Alloh ulardan rozi” deb madh etgan bo‘lsa, ularni la’natlash — Qur’onga zid va dindan chiqish bo‘ladi.

Agar faqat ayrim sahobalarga yomon gap aytsa, bu kishi bid’at ahli (mubtadi’) hisoblanadi. U bilan diniy aloqani uzish tavsiya qilinadi.

Shu sababli, siz gaplashgan odam alaviy bo‘lsa ham, qaysi yo‘nalishga mansubligini bilib, keyin munosabatni belgilash kerak.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Sotilgan chiptalardan tushgan bonuslar evaziga boshqa insonlarga chipta olib bersa bo’ladimi?

    October 10, 2025
  • Qarzga pul so‘rash o‘rniga muddatli to‘lovga mashina oldirish haqida savol.

    October 7, 2025
  • Yoshligida yigitlar bilan gaplashgan qizlar erga tekkach bu ishini aytishi kerakmi?

    October 7, 2025
  • Emizikli boladan ortgan ovqatni otasi yesa bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Otasi urushqoq xo‘roz yetishtirib sotadigan yigitning savoli.

    October 6, 2025
  • Noila deb ism qo‘yish hukmi.

    October 6, 2025