Ustoz, bir kishining aytishicha, inson modomiki qattiq kasallanmas ekan, muolaja olmagani afzal ekan. Bunga dalil qilib, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam huzurlariga bir sahobiya kasalligidan shikoyat qilib kelganida, Rasululloh: “Xohlasang, duo qilaman, shifo topasan. Xohlasang, sabr qilasan – senga jannat bo‘ladi”, degan ekanlar. O‘sha ayol sabrni tanlagan. Boshqa bir hadisda esa, bir sahobiyning ko‘zi jangda oqib tushganida, Rasululloh yuqoridagi gapni aytgan ekanlar, sahobiy esa ikkalasini ham tanlagan. Ya’ni unga ham shifo, ham, in shaa Alloh, jannat bo‘lgan. Shu masalaga oydinlik kiritib bersangiz.
Agar kasal bo‘lsa, davolanish shartmi yoki sabr bilan muolajasiz yurish afzalmi?
Savol :
Javob :
Davolanish – shariatda joiz va mustahab, ba’zida vojib bo‘ladi. Rasululloh ﷺ o‘zlari davolanganlar. Sabr bilan muolajasiz yurish ham mumkin, lekin bu har doim afzal bo‘lmaydi. Har bir holatga qarab hukm bo‘ladi.
Maqola foydali bo’ldimi?
0