Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >6 farzandim bor. Ayolim bilan chet elga o‘qishga bormoqchimiz. Ayolim “farzandlar tarbiyasi muhimroq” deydi. Onam ham rozi bo‘lmaydi. Nima qilaylik?

6 farzandim bor. Ayolim bilan chet elga o‘qishga bormoqchimiz. Ayolim “farzandlar tarbiyasi muhimroq” deydi. Onam ham rozi bo‘lmaydi. Nima qilaylik?

Nashr sanasi: June 30, 2025

Savol :

Ustoz, yoshim 38 da, 6 ta farzandimiz bor, to‘ng‘ichi 15 yosh, kenjasi 8 oylik. Farzandlarimizni tashlab, ayolim bilan Arab davlatiga o‘qishga borsak bo‘ladimi? Shu fikrimni ayolimga aytsam: «Hozir biz uchun farzand tarbiyasi muhimroq», deyapti. Hali onamga aytmadim, chunki onam bu ishimga rozi bo‘lmasa kerak. Ustoz, bizga nima maslahat berasiz?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qisqacha javob: Farzandlar, ayniqsa o‘smir yoshdagilar, ota-onaning nazoratiga muhtoj. Tarbiya uzilsa, bu katta yo‘qotish bo‘ladi. Agar borsangiz, bolalarni ham birga olib ketish yo‘lini qidiring. Bo‘lmasa, shu yerda ilm o‘rganing. Bugun internet orqali ham o‘qish mumkin.

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi Payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo‘lsin.

Ya’ni, haqiqatan bolangiz kattasi. 15 yoshda bo‘lsa, ta’lim berish kerak-da bularni, o‘ylash kerak, ta’limini ham o‘ylash kerak buni. Sizlar ketib qolsalaringiz, bu bolalarning ahvoli nima bo‘ladi? Kim qaraydi ularga? Sizlarning mas’uliyatingiz bu. Agar ketsangiz, birga olib ketishga harakat qiling.

Xotiningizning ham gapida jon bor — haqiqatan, bolalarning tarbiyasini o‘ylash kerak. Ham onangiz norozi ekan bunga. Lekin o‘zlaringiz ham o‘qish kerak bu orada. Shuni o‘rtada bir holatini chiqaring-da, imkon boricha Allohdan so‘rab harakat qilingki, farzandlarni ham birga olib keting o‘zlaringiz bilan birga.

Ana o‘shanda, o‘sha ularga ham bir ta’lim beriladi. Olib olmasangiz, shu turgan joyingizda ta’lim olib turing o‘zingizda hamda. Hozir internet bor, odam imkon qilib harakat qilsa, ancha-muncha ilm o‘rgansa bo‘ladi. Qayerda bo‘lsa ham ilm o‘rgansa bo‘ladi. Masofaning hech ahamiyati qolmay qoldi.

Lekin bolaning oldida o‘tirish muhim narsa. Hozirgidek 15 yoshli bola — ular nima bo‘ladi, nima qiladi? Ota-onasi bo‘lmagandan keyin ular ko‘chada qoladi. Qiz bo‘lsa, tuzi ham yomon bo‘ladi, o‘g‘il bo‘lsa — yana ham. ertaga sigared chokadi, boshqa bo‘ladi. Yomon yo‘lga kirib ketib qolishi mumkin-da, boshida ota onasi bo‘lmagandan keyin.

Shuni birinchi o‘ringa qo‘yganingiz yaxshi.
Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Uloq yoki ko‘pkari halolmi?

    July 1, 2025
  • Erning birinchi hotinidan bo’lgan farzandlarga ikkinchi ayol qarashi vojibmi?

    July 1, 2025
  • Kargoda ishlayman. Tovarlar yo‘lda sinib ketsa, Xitoydan pulini olib, mijozga beramiz. Bu ishimiz to‘g‘rimi?

    July 1, 2025
  • Ayollar ham aliment to’laydimi?

    June 30, 2025
  • Ustoz, do‘stimning kartasidagi pulimni xakerlar , o‘g‘irlashdi. Do‘stimdan to‘lab berishini talab qilsam, to‘g‘ri bo‘ladimi?

    June 30, 2025
  • Ustoz, ko‘pchilik oilaviy ish yurgizadi. Shunda er ayoliga oylik to‘lashi shartmi, yoki o‘zaro kelishib, oylik olmasdan ishlasa bo‘ladimi?

    June 30, 2025