Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Agar zarurat bo‘lsa, erkak vrach ayol kishini tug‘dirishi joizmi?

Agar zarurat bo‘lsa, erkak vrach ayol kishini tug‘dirishi joizmi?

Nashr sanasi: February 15, 2025

Savol :

Ustoz, biz Koreyadamiz. Afsuski, biz turgan shaharda tug‘ruqxona yo‘q. 20 km uzoqda bor, lekin u yerda vrach erkak ekan. Borish qanchalik to‘g‘ri bo‘ladi? Bizdan uzoqroq shaharda ayol vrachlar ham bor deyishyapti.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Ayol kishini erkak vrach tug‘dirishi aslida harom amaldir. Lekin ulamolar zarurat holatida bunga ruxsat berishgan. Agar ayol vrach topilmasa va shoshilinch holat bo‘lsa, ya’ni o‘lim xavfi yoki jiddiy tibbiy zarurat bo‘lsa, erkak vrach tug‘dirishi mumkin.

Bismillah,

Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Ayol kishini erkak vrach tug‘dirishi aslida harom amaldir. Chunki begona erkakka ayol tanasini ko‘rsatish mumkin emas, ayniqsa, avrat joylarini. Lekin ulamolar zarurat holatida bunga ruxsat berishgan. Agar ayol vrach topilmasa va shoshilinch holat bo‘lsa, ya’ni o‘lim xavfi yoki jiddiy tibbiy zarurat bo‘lsa, erkak vrach tug‘dirishi mumkin.

Hozirgi holatda savolda aytilyapti: “20 km uzoqda erkak vrach bor, lekin undan uzoqroqda ayol vrachlar ham bor.”
Bunday holatda, agar imkoniyat bo‘lsa, uzoqroqdagi ayol vrachi bor tug‘ruqxonaga borish kerak. Chunki aslida “zarurat” degani shunday holatga aytiladiki, boshqa hech qanday yo‘l qolmagan bo‘lishi kerak. Agar 50-100 km uzoqlikda ayol vrach bor bo‘lsa va u yerga borish imkoni bo‘lsa, ayol vrachga borish lozim.

Faqatgina shoshilinch holat yuz bersa, masalan, ayol kutilmaganda tug‘ruq jarayoniga kirib qolsa va boshqa imkoniyat qolmasa, shundagina erkak vrach tug‘dirishiga ruxsat beriladi.

Shuningdek, agar tajribasi bor ayollar bo‘lsa va xavfsiz bo‘lsa, uyda tug‘dirish ham mumkin. Chunki avvalgi zamonlarda alohida tug‘ruqxonalar bo‘lmagan va tajribali ayollar tug‘dirgan.

Lekin agar xavfli vaziyat bo‘lsa va boshqa imkoniyat qolmasa, unda erkak vrachga murojaat qilish mumkin.

Vallohu A’lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

2

  • Sotilgan chiptalardan tushgan bonuslar evaziga boshqa insonlarga chipta olib bersa bo’ladimi?

    October 10, 2025
  • Qarzga pul so‘rash o‘rniga muddatli to‘lovga mashina oldirish haqida savol.

    October 7, 2025
  • Yoshligida yigitlar bilan gaplashgan qizlar erga tekkach bu ishini aytishi kerakmi?

    October 7, 2025
  • Emizikli boladan ortgan ovqatni otasi yesa bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Otasi urushqoq xo‘roz yetishtirib sotadigan yigitning savoli.

    October 6, 2025
  • Noila deb ism qo‘yish hukmi.

    October 6, 2025