Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >11 yoshli o‘g‘il bolalarga ayol ustozlar dars berishi joizmi?

11 yoshli o‘g‘il bolalarga ayol ustozlar dars berishi joizmi?

Nashr sanasi: April 12, 2025

Savol :

Biz madrasada qizlarga va 11 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalarga dars beramiz. 11 yoshli o‘quvchilarga odatda 50 yosh atrofidagi, hayzdan qolgan, tajribali ustozalar dars berishadi. Ular: “Gunoh ish qilmayapmizmi?” deb ko‘ngillari hijil bo‘lishmoqda.

Erkak ustozlar esa bunday bolalarga ular kabi mehr, sabr va quvnoqlik bilan dars bera olmayapti. Bu sababli ishni tashlab ketish ham oson emas. Bu ustozalar ishlashda davom etsa bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

11 yoshli o‘g‘il bolalarga yoshi katta, hayzdan qolgan ayol ustozlar zarurat bo‘lsa dars berishlari joiz, ammo imkon bo‘lsa bu yoshdagilarga erkak ustozlar dars bergani afzalroqdir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar ustoz ayol hayzdan qolgan, yoshi katta bo‘lsa va dars olayotgan bolalar 11 yosh atrofida bo‘lib, hali ayollarni jinsiy jihatdan qiziqtiradigan yoshga yetmagan bo‘lsa — bu holat odatda fitna keltirib chiqarmaydi. 11 yoshdagi bolalarning balog‘atga yetib qolishi juda kam uchraydi.

Shunday ekan, agar ehtiyoj bo‘lsa, bu yoshdagi bolalarga yoshi katta ayollar tomonidan dars berilishi joiz bo‘ladi. Vallohu a’lam.
Lekin imkon bo‘lsa, bu yoshdagi o‘g‘il bolalarga darslarni erkak ustozlar bergani afzalroq. Chunki ular balog‘atga yaqinlashib qolgan yoshda bo‘lganliklari sababli ehtiyot chorasi jihatidan bu ma’qulroqdir.

Ammo ayollar tomonidan dars berilishi ham mumkin — ayniqsa ular yoshi katta, tajribali va zarurat mavjud bo‘lsa. Shu narsa e’tiborda bo‘lishi lozimki, yosh bolalar ulg‘ayib borsa, dars berish tartibi ham shunga mos ravishda o‘zgartirilishi kerak.


Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ayoli kunduzi uxlashini yoqtirmaydigan erkakning savoli.

    July 20, 2025
  • Ayol kishi erining aka-ukalariga aralashishi va eriga aql o‘rgatishi.

    July 20, 2025
  • To‘rtinchi farzand uchun eko qildirish joizmi?

    July 20, 2025
  • Boshiga urib o‘ldirilgan baliqni yesa bo‘ladimi?

    July 20, 2025
  • Ayol kishi odam gavjum joylarda niqob taqib, boshqa payt niqobsiz yursa bo‘ladimi?

    July 19, 2025
  • Yaqinlarga berilgan narsani albatta qaytarish shartmi?

    July 19, 2025