Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Zakot >Zakot miqdori katta bo‘lsa, uni bir kishiga berish mumkin emasmi?

Zakot miqdori katta bo‘lsa, uni bir kishiga berish mumkin emasmi?

Nashr sanasi: August 30, 2026

Savol :

Bir kishining chiqaradigan zakoti katta miqdorda bo‘lsa, uni faqat bir kishiga berishi mumkinmi yoki ko‘pchilikka tarqatib berishi kerakmi? Shariatda bunga dalil bormi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu holat foyda va ehtiyojga qarab baholanadi. Zakot beruvchi kishi zakotni bir kishiga bermoqchi bo‘lsa, avvalo u odamning ehtiyoji nimada ekaniga qaraydi.

 Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin

Bu holat foyda va ehtiyojga qarab baholanadi. Zakot beruvchi kishi zakotni bir kishiga bermoqchi bo‘lsa, avvalo u odamning ehtiyoji nimada ekaniga qaraydi.

Masalan, bir kishining katta miqdorda qarzi bo‘lishi mumkin. Bunday holatda uning qarzini to‘lab berish uchun katta miqdordagi zakotni o‘sha bir kishiga berish mumkin. Shunga o‘xshash, agar zakot beruvchi uni munosib o‘rin deb bilsa, bir kishiga katta miqdorda zakot berishining zarari yo‘q.

Lekin Hanafiy mazhabidagi ba’zi fuqaholar bir kishiga zakot berib, uni zakot ololmaydigan darajada boy qilib qo‘yish ma’qul emasligini aytganlar. Biroq mazhabning o‘zida bu fikrga nisbatan e’tirozlar ham bildirilgan.

Chunki u kishi zakotni olishidan oldin faqir edi. Zakotni olgandan keyin boy bo‘lib qolishi esa boshqa masala. Shu sababli asosiy e’tibor zakot kimga va nima maqsadda berilayotganiga qaratiladi.

Masalan, bir kishining katta qarzi bo‘lsa, zakotdan uning qarzini to‘liq to‘lab berish mumkin. Yoki davolanishi, operatsiya qilinishi kerak bo‘lib, bunga mablag‘i yetmasa, uning davolanish xarajatlarini qoplash uchun katta miqdorda zakot berish mumkin.

Demak, haqiqiy ehtiyoj mavjud bo‘lsa, bir kishiga katta miqdorda zakot berishning zarari yo‘q.

Vallohu a’lam.

 

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Zakotga haqli bo‘lgan faqirlik va miskinlik o‘lchovi nima?

    July 24, 2026
  • Aylantirishga berilgan puldan zakot chiqariladimi?

    July 18, 2026
  • Zakotni so‘rab olsa bo‘ladimi?

    December 16, 2025
  • Harom puldan zakot beriladimi?

    September 7, 2025
  • Chet eldan yuborgan, zakoti berilmay yig‘ilgan pullarimdan endi qanday zakot beraman?

    August 14, 2025
  • Bo‘sh turgan uy uchun zakot beriladimi?

    August 4, 2025