Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ayol kishi tirnoq bo‘yash va soch kesish kasbi bilan shug‘ullanishi joizmi?

Ayol kishi tirnoq bo‘yash va soch kesish kasbi bilan shug‘ullanishi joizmi?

Nashr sanasi: August 7, 2026

Savol :

Ustoz, Moskvada yashaymiz.

Dugonalarimdan biri rus kampirga qaraydi. Boshqasi esa tirnoq bo‘yash va soch kesish kasbi bilan shug‘ullanadi. Shu ishlarni qilishi joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu ikkovi bir-biriga o‘xshamaydigan masalalar.

 Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin

Bu ikkovi bir-biriga o‘xshamaydigan masalalar.

Kampirga qarash deganda, bir kampirning xizmatini qilib, buning evaziga oylik olish nazarda tutiladi. Buning zarari yo‘q. Musulmon odamning bunday ish qilishi joiz. Bu ijara asosida ishlashga o‘xshaydi. Kimdir taksichilik qilib odam tashib pul topadi, kimdir KamAZ haydab yuk tashiydi, kimdir ustachilik qiladi. Usta musulmon bo‘lmagan odamning, masalan nasroniy yoki ochiq kofirning uyida ham ishlab haq olishi mumkin.

Hatto Rasululloh ﷺ Xaybar yerlarini yahudiylarga sherikchilik asosida ishlash uchun berganlar. Chunki ular dehqonchilikni yaxshi bilishar edi, sahobalar esa jihod bilan mashg‘ul bo‘lganliklari sababli yer bilan shug‘ullanishga vaqtlari bo‘lmagan. Demak, yahudiy bilan dehqonchilikda sherik bo‘lish joiz bo‘lgan.

Shuning uchun kampirga qarash, bolaga qarash yoki uy tozalash kabi ishlarda, agar ishning o‘zi halol bo‘lsa va oyligi halol bo‘lsa, tirikchilik uchun ishlashning zarari yo‘q.

Lekin mo‘min kishi ishlayotganida o‘zining mo‘minlik sha’niga mos kelmaydigan ishlarni qilmasligi kerak. “Ijara ishlayapman”, deb o‘ta xor bo‘ladigan ishlarni, masalan kofirlarning hojatxonasini tozalash kabi ishlarni qilmasligi afzal.

Ammo masjidning hojatxonasini tozalash biz uchun sharafdir. Chunki bu Allohning uyiga xizmat qilishdir. Agar masjidning hojatxonasi tiqilib qolgan bo‘lsa, uni tozalash yoki masjidga xizmat qilish biz uchun sharaf hisoblanadi.

Ammo kofirning xizmatida uning hojatxonasini tozalash kabi ishlarda mo‘minning sha’niga putur yetkazadigan ma’no bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bunday darajadagi ishlardan saqlanish kerak.

Agar bunday holat bo‘lmasa, ya’ni mo‘minning sha’niga zarar yetmaydigan bo‘lsa, kampirga qarash, bolaga qarash yoki uy tozalash kabi ishlarni qilishning zarari yo‘q. Vallohu a’lam.

Ikkinchi masalaga kelsak, soch kesish va tirnoq bo‘yash.

Soch kesishning o‘zi joiz bo‘lishi yoki joiz bo‘lmasligi uning qanday soch turmagi qilinayotganiga bog‘liq.

Ammo shariatga xilof bo‘lgan ishlarda xizmat qilish joiz emas. Masalan, ayollarning tirnoqlarini sun’iy ravishda o‘stirish, g‘ayrioddiy shaklda egovlash yoki shariatga zid tarzda bo‘yash bunga kiradi.

Rasululloh ﷺ aytdilar:

«عَشْرٌ مِنَ الْفِطْرَةِ…»

“Fitratdan bo‘lgan o‘nta narsa bor…”

Shulardan biri — tirnoqlarni olish.

Tirnoqlarni haddan tashqari o‘stirib yurish fitratga xilofdir. Bundan tashqari, tirnoqqa suv o‘tkazmaydigan bo‘yoqlar surtilsa, g‘usl va tahoratning to‘g‘ri bo‘lishiga ham to‘sqinlik qiladi.

Shuning uchun shariatga zid bo‘lgan tirnoq xizmatlarini ko‘rsatish musulima ayol uchun joiz emas.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

2

  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026
  • Hadislar asosida multfilm yaratib, tarmoqqa joylasam bo‘ladimi?

    August 11, 2026
  • Yangi hovlimga suv tortishimga qo‘shnilar rozi bo‘lmayapti…

    August 7, 2026
  • Sakinat nima?

    August 7, 2026