Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Yetim bolalarimning ta’minoti kimning bo‘ynida?

Yetim bolalarimning ta’minoti kimning bo‘ynida?

Nashr sanasi: July 31, 2026

Savol :

Mening ikki nafar yetim farzandim bor. Otasi vafot etganiga sakkiz yildan oshdi. Hozir uyda yashayman. Erimning otasi va ukasi bor. Farzandlarimning ta’minoti kimning zimmasida? Shu yillar davomida juda ko’p qiynaldim, ammo ulardan hech narsa talab qilmadim. Haqqimizga duo qiling, ustoz.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar farzandlarning otasi vafot etgan bo’lsa, ularning nafaqasi va ta’minoti, avvalo, otasining otasi, ya’ni bobosining zimmasida bo’ladi.

 Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin

Agar farzandlarning otasi vafot etgan bo’lsa, ularning nafaqasi va ta’minoti, avvalo, otasining otasi, ya’ni bobosining zimmasida bo’ladi. Agar bobo qarilik yoki boshqa sabab bilan bunga qodir bo’lmasa, u holda bu mas’uliyat boshqa yaqin erkak qarindoshlarga, jumladan, amakilariga o’tadi. Ular imkonlari bo’lsa, yetim bolalarning ta’minotini o’z zimmalariga olishlari lozim.

Agar ular bu vazifani bajarmasalar, o’z zimmalaridagi mas’uliyatni ado etmagan bo’ladilar.

Alloh taolo sizga sabr bersin, dardingizni yengillashtirsin va farzandlaringizni O’z panohida asrasin.

Agar farzandlaringiz hali yosh bo’lsa va sizning turmush qurishingizda shar’iy to’siq bo’lmasa, umringizni yolg’iz o’tkazib yubormasdan, munosib inson bilan turmush qurishingiz ham maqsadga muvofiq bo’lishi mumkin.

Alloh taolo sizga tavfiq bersin, ishlaringizni oson qilsin va oldingizdagi yo’llarni ochib bersin.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026