Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Urfga ko‘ra ota uyi kichik farzandga qolishi to‘g‘rimi?

Urfga ko‘ra ota uyi kichik farzandga qolishi to‘g‘rimi?

Nashr sanasi: July 24, 2026

Savol :

Urf-odatimizga ko’ra, har bir oilaning kenja o’g’li uylangandan keyin ota-onasi bilan birga yashaydi va ota-onaning uyiga merosxo’r bo’ladi. Qolgan farzandlar esa o’z haqlarini undan talab qilmaydilar.

Agar ular shu dunyoda o’z haqlarini so’ramagan bo’lsalar, qiyomat kuni uni talab qilishga haqli bo’ladilarmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar boshqa merosxo’rlar o’z roziligi bilan: “Biz o’z haqqimizdan kechdik”, deb merosdan voz kechgan bo’lsalar, bu holda ularning haqqi tugaydi va bu masala qiyomat kuniga qolmaydi.

 Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin

Agar boshqa merosxo’rlar o’z roziligi bilan: “Biz o’z haqqimizdan kechdik”, deb merosdan voz kechgan bo’lsalar, bu holda ularning haqqi tugaydi va bu masala qiyomat kuniga qolmaydi.

Ammo agar ular o’z haqlarini shu dunyoda talab qilgan bo’lsalar-u, kenja o’g’il ularni bermagan bo’lsa, unda bu haq qiyomat kuniga qoladi. Chunki merosdagi haqqini egasiga berish vojibdir.

Agar esa ular ham, kenja o’g’il ham meros hukmini bilmagan bo’lsalar va: “Bizning urfimiz shunday, ota-onaning uyi kenja o’g’ilga qoladi”, deb o’ylab yashagan bo’lsalar, bunda masalaga boshqacharoq qaraladi. Chunki ular bilmagan holda shunday yo’l tutgan bo’ladilar.

Lekin haqiqat ma’lum bo’lganidan keyin, agar boshqa merosxo’rlarning shar’iy haqlari bo’lsa, ular uni talab qilishlari mumkin. Agar talab qilganlaridan keyin ham ularning haqlari berilmasa, bu haq qiyomat kuniga qoladi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Tunda ishlash xatomi?

    July 25, 2026
  • “Dinda haraj yo‘q” deyish bilan sustkashlik chegarasi.

    July 24, 2026
  • Gigienaga amal qilish hukmi.

    July 24, 2026
  • Erim vatanda qolgan onamni ziyorat qilishga yubormaydi…

    July 24, 2026
  • Singlimning noshar’iy o‘tadigan to‘yiga bormasligimga ota-onam ko‘nmayapti…

    July 23, 2026
  • Bolamga nasroniy dugonamning sutini ichirsam bo‘ladimi?

    July 21, 2026