Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Otaning gunohlari kasofati bolaga uradimi?

Otaning gunohlari kasofati bolaga uradimi?

Nashr sanasi: July 21, 2026

Savol :

Otaning qilgan gunohlari yoki xiyonatining kasofati bolaga uradimi? Masalan, erkak nomahram ayollar bilan gaplashgan, uchrashgan bo’lsa, lekin zino qilgan-qilmagani noma’lum bo’lsa-chi?

Ba’zan ota yomon ishlar qilib yurganida, bolasiga biror musibat yetganini ko’p ko’ramiz. Shu otaning qilgan ishlari sabablimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Buni aniq qilib aytib bo’lmaydi. Bunday narsalarning haqiqatini Alloh taolo biladi.

 Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin

Buni aniq qilib aytib bo’lmaydi. Bunday narsalarning haqiqatini Alloh taolo biladi.

Lekin umumiy qoida shuki, insonga keladigan har bir musibatning sabablari bo’ladi. Alloh taolo gunohlar sababli bandani turli sinovlar bilan imtihon qilishi mumkin.

Endi nomahram ayollar bilan gaplashish yoki nojoiz munosabatlarga kirishish gunohdir. Agar zino sodir bo’lmagan bo’lsa, bu katta zinodan boshqa gunoh hisoblanadi. Bunday gunohlar tavba, namoz, yaxshi amallar va hasanotlar bilan o’chiriladi.

Ba’zan ayrim ayollar: “Erimning begonalar bilan gaplashganining kasofati bolamizga urdi”, deydilar. Holbuki, o’zlari g’iybat kabi katta gunohlarni qilayotgan bo’lishlari mumkin. G’iybat ham og’ir gunohlardan biridir.

Shuning uchun biror musibatni aniq bir gunohga bog’lab: “Mana shu sababdan bo’ldi”, deb hukm chiqarish to’g’ri emas. Bu ilmimiz yetmaydigan masaladir.

Ammo aniq narsa shuki, gunoh bandaga zarar keltiradi. Shuning uchun har birimiz gunohlarimizdan tavba qilishimiz kerak.

Alloh taolo marhamat qiladi:

وَتُوبُوٓا۟ إِلَى ٱللَّهِ جَمِيعًا أَيُّهَ ٱلْمُؤْمِنُونَ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ

“Ey mo’minlar! Barchangiz Allohga tavba qilinglar, shoyad najot topsangizlar.”
(Nur surasi, 31-oyat).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham:

«التائب من الذنب كمن لا ذنب له»

“Gunohidan tavba qilgan kishi gunoh qilmagandek bo’ladi.”

— deganlar.

Alloh taolo tavba eshigini bandalar uchun ochiq qoldirgan. Jon halqumga kelguncha yoki quyosh g’arbdan chiqmaguncha tavba qilish imkoniyati bor.

Lekin: “Hali vaqtim bor”, deb tavbani kechiktirmaslik kerak. Chunki o’lim qachon kelishini hech kim bilmaydi. U bir lahzada kelishi mumkin.

Shuning uchun mo’min kishi har doim o’limga tayyor turishi, gunohlaridan tavba qilib yashashi lozim.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026