Hofiz Abu Bakr ibn Marda va Ibn Umar (roziyallohu anhum)dan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh ﷺ bunday degan ekanlar: “Kim juma kuni Kahf surasini o‘qisa, qiyomat kuni uning qadamlari ostidan nur chiqib, osmonlarni yoritadi va uning ikki juma orasidagi xatolari kechiriladi.”
Imom Muslim, Nasoiy va Imom Ahmad Abu Dardo (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh ﷺ: “Kim Kahf surasining oxirgi 10 oyatini o‘qisa, Dajjol fitnasidan saqlanadi”, degan ekanlar. Yana boshqa rivoyatda: “Kim Kahf surasining boshidan 10 oyat yodlasa, Dajjol fitnasidan saqlanadi”, deyilgan.
Shuningdek, kim har juma Kahf surasini tadabbur bilan o‘qisa, dunyo va oxirat yaxshiligiga erishadi, deyiladi.
Shu hadislar sahihmi? Amal qilsak bo‘ladimi?