Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Eriga itoatsiz, johil ayol bilan yashash hukmi.

Eriga itoatsiz, johil ayol bilan yashash hukmi.

Nashr sanasi: April 23, 2026

Savol :

Bir odamning ayoli kalta kiyimda, bo‘yanib, yasanib yuradi. Internetga ham rasmlarini qo‘ygan ekan. Namoz, hijob kabi gaplar aytilganda: “Yoshlikda o‘yin-kulgi qilib olish kerak,” deb, gapga quloq solmas ekan.

Eri ayolini fahsh videolar ko‘rib o‘tirganida ushlab olibdi. Bu narsa u yigitga yomon ta’sir qilib, o‘zini osmoqchi bo‘lib yurgan ekan. Ustoz, hijob o‘ramaydigan, erining nasihatlarini tinglamaydigan, namoz o‘qimaydigan, fahsh narsalarni ko‘radigan ayol bilan yashashning hukmi qanday?

U ayolga ota-onasining majburlashi bilan uylangan ekan. Endi esa: “Men o‘zimni o‘ldirsam tezroq Allohimning huzuriga borar edim,” deb yuribdi. Ustoz, bu yigitga maslahat bering. Uni faqat musulmonligi to‘xtatib turibdi.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Inson bu darajada ojiz va bo‘sh kelmasligi kerak.U ayolni qo‘yib yuborsin, o‘ziga mos, soliha ayolga uylansin.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Inson bu darajada ojiz va bo‘sh kelmasligi kerak. Erkak kishi “o‘zimni osaman” deb o‘tirishi hech qachon to‘g‘ri emas.

Undan ko‘ra xotinini taloq qilib yuborsin. “Sen bilan yashamayman,” desin. Bu bilan osmon yerga tushib ketmaydi.

U ayolni qo‘yib yuborsin, o‘ziga mos, soliha ayolga uylansin. Ota-onasi majbur qilib uni ushlab tura olmaydi. Agar taloqni aytsa, shar’an nikoh tugaydi.

Bu odam o‘zini o‘ldirish haqida o‘ylashiga umuman hojat yo‘q. Bir ayol sabab o‘zini halok qilish — noto‘g‘ri va katta xato.

Aqlli va farosatli bo‘lish kerak. Rasululloh ﷺ aytganlaridek:

“Allohdan yordam so‘ra va ojiz bo‘lma.”

O‘zini o‘ldirish — bu ochiq-oydin ojizlikdir.

Allohdan yordam so‘rasin, sabr qilsin va to‘g‘ri qaror qabul qilsin. Agar bu ayol bilan yashash imkonsiz bo‘lsa, yaxshilik bilan ajrashsin.

U ayol o‘ziga mos hayotini yashasin. Bu yigit ham o‘ziga mos, diniy, soliha ayolga uylanib, hayotini davom ettirsin.


Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

2

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026