Bismillah,
Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.
Bu masalada hukm niyatga va maqsadga qarab baholanadi.
Aksariyat hollarda bunday gapni aytgan odam dinni masxara qilish niyatida emas, balki noto‘g‘ri tushuncha asosida, “men munkarni qaytaryapman” degan xayol bilan aytgan bo‘ladi.
Bu esa, asosan, noto‘g‘ri tarbiya va noto‘g‘ri tushuntirish natijasidir.
Ba’zi imomlar yoki atrofdagi odamlar unga: “Bular zalolatda”, “Bular adashgan”, deb noto‘g‘ri tasavvur bergan bo‘lishi mumkin. Shu sababli u odam bilmasdan xato gapirgan bo‘ladi.
Fiqhiy haqiqat
Insof bilan aytish kerakki:
-
Raf‘ul-yadayn hanafiy va molikiy mazhabda amal qilinmaydi,
-
lekin shofe’iy va hanbaliy mazhablarida sunnat amal hisoblanadi.
Axir biz “Ahli sunna to‘rt mazhabdan iborat” deymiz-ku.
Agar to‘rt mazhabdan ikkitasida sobit bo‘lgan amal qilinayotgan bo‘lsa, bunga:
joiz emas.
Agar shunday yo‘l tutilsa, u holda mazhablar bir-biriga tosh otadigan holatga keladi, bu esa johiliyatning qaytishi bo‘ladi.
Bugun raf‘ul-yadayn qilgan odam masxara qilinsa, ertaga qo‘lni kindik ostida bog‘lab o‘qiyotgan hanafiyga, yoki “omin”ni ichida aytgan odamga biror kishi masxara qilsa — bu qayerga olib boradi?
Bu yo‘l fitna, adovat va bo‘linishdan boshqa narsa emas.
Muhim qoida
Fiqhiy ixtilofli masalalarda kenglik bo‘ladi.
Agar bir masalada ixtilof bo‘lsa, ulamolar turlicha amal qilgan bo‘lsa, demak, bu yerda:
“Har kim o‘zi ergashgan dalil va mazhabiga amal qiladi, boshqani malomat qilmaydi.”
Bir-birining namoziga aralashishga hech kimning haqqi yo‘q.
Masxara va haqorat hukmi
Agar kimdir bilib turib, namozni, sunnat amalni masxara qilish niyatida aytsa — bu juda xavfli ish, hatto kufrga olib borishi mumkin.
Lekin amalda ko‘pchilik bunday gaplarni dinni masxara qilish uchun emas, balki jaholat va noto‘g‘ri tushuncha sababli aytadi.
Bu holatda u gunohkor bo‘ladi, lekin kofir bo‘lmaydi.
Ammo bu gap katta xato, og‘ir gunoh va musulmonlar orasiga fitna soluvchi so‘z hisoblanadi.
Afsuski, ba’zi joylarda namozda “omin” degani uchun odamni itarish, og‘ziga urish, namoz ustida janjal qilish holatlari ham uchramoqda.
Bu ishlar harom, zulm, Islomga mutlaqo zid.
Musulmonning qoni va obro‘si halol emas.
-
Har kim o‘z mazhabiga amal qilsin
-
Boshqasining ibodatiga aralashmasin
-
Masjid — birlashish joyi bo‘lsin, ajralish joyi emas
Ka’bada turli mazhabdagilar, turli uslubda namoz o‘qib bitta imomga iqtido qilib turibmiz-ku — hech kim hech kimni masxara qilmaydi.
Xulosa va nasihat
Bu masalalarda imomlar, da’vatchilar, masjid mas’ullari jiddiy mas’uliyatni his qilishlari kerak.
Mazhabli masalalarda:
“Bu ham ahli sunnadan, bu ham ahli sunnadan”
deyish kifoya.
Fitnaga yo‘l ochadigan gaplar esa ochiq jaholatdir.
Alloh hammamizga tavfiq bersin.