Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Musiqa qo‘yiladigan kafelarda ovqatlanish hukmi.

Musiqa qo‘yiladigan kafelarda ovqatlanish hukmi.

Nashr sanasi: December 20, 2025

Savol :

Ustoz, hozirgi kunda ko‘p oshxona, restoran va kafelarga kirsak, musiqa qo‘yilgan bo‘ladi. Inson ovqatlanish paytida musiqa eshitib tanovul qilsa gunohkor bo‘lmaydimi? Yoki bunday joylarda ovqatlanmagani ma’qulmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Shariatda qaytarilgan narsa — musiqani ataylab tinglashdir, ya’ni qasd qilib eshitish. Ammo musiqa beixtiyor quloqqa kirib qolsa, bu uchun inson gunohkor bo‘lmaydi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bugungi kunda inson shunday jamiyatda yashayaptiki, musiqa umuman quloqqa kirmasligi juda qiyin bo‘lib qoldi. Masalan:

  • avtobusda,

  • liftlarda,

  • do‘kon va supermarketlarda,

  • oshxona va restoranlarda

musiqa qo‘yilgan bo‘ladi. Istasa ham, istamasa ham, beixtiyor quloqqa kirib qoladi.

Shariatda qaytarilgan narsa — musiqani ataylab tinglashdir, ya’ni qasd qilib eshitish. Ammo musiqa beixtiyor quloqqa kirib qolsa, bu uchun inson gunohkor bo‘lmaydi.

Bunga Rasululloh ﷺning amaliyoti dalildir:
Bir kuni nay ovozi eshitilib turganida Rasululloh ﷺ quloqlarini yopib o‘tib ketdilar. Sahobalar esa quloqlarini yopmagan edi. Rasululloh ﷺ ularga: “Sizlar ham quloqlaringizni yopinglar,” demadilar. Bu esa Rasululloh ﷺning o‘zlaridagi yuqori taqvo darajasi edi.

Ulamolar bu yerda ikki tushunchani ajratib ko‘rsatishadi:

  • Samā’ — musiqa beixtiyor quloqqa eshitilib qolishi;

  • Istimā’ — musiqani qasd bilan tinglash.

Samā’ (beixtiyor eshitib qolish) — gunoh emas.
Istimā’ (ataylab tinglash) — qaytarilgan.

Shuning uchun agar insonning ovqatlanishga ehtiyoji bo‘lsa va u joyda musiqa qo‘yilgan bo‘lsa, ovqatlanib ketishida gunoh yo‘q, chunki u musiqani qasd bilan tinglayotgani yo‘q.

Ammo agar kimdir bundan ham ehtiyot bo‘lib, musiqasiz joyni tanlasa — bu taqvo, nur ustiga nur bo‘ladi. Taqvo har qanday holatda ham go‘zal.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026