Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Qabrda yotgan yaqini bilan dardlashib o‘tirish.

Qabrda yotgan yaqini bilan dardlashib o‘tirish.

Nashr sanasi: July 31, 2025

Savol :

Ustoz, hozirgi kunda ayrim kishilar otasi, onasi yoki ayoli kabi yaqin insonlarining qabri oldiga borib, ular bilan gaplashib o‘tiradi. Ba’zilar “munosib farzand bo‘lolmadim” deb kechirim so’raydilar, ba’zilar esa dardlashadi.
Shunday qilishning hukmi nima?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Qabr oldida o‘tirib, mayit bilan suhbatlashish, dardlashish — bid’at hisoblanadi. Bu ish oxir-oqibat shirkka eshik ochuvchi amallardan biri bo‘lib qolishi mumkin. Shariatda bunga dalolat qiladigan hech qanday sahih dalil yo‘q.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Qabr oldida o‘tirib, mayit bilan suhbatlashish, dardlashish — bid’at hisoblanadi. Bu ish oxir-oqibat shirkka eshik ochuvchi amallardan biri bo‘lib qolishi mumkin. Shariatda bunga dalolat qiladigan hech qanday sahih dalil yo‘q.

Ko‘p hollarda bu odat filmlardan ta’sirlangan bo‘ladi. Filmlarda ko‘rsatilishicha, kimdir qabristonga borib: “Bugun shunday bo‘ldi, kecha bunaqa bo‘ldi” deb dardini aytadi. Bu go‘yoki sadoqat, vafo ko‘rinishida tasvirlanadi. Ammo bunday ishlar shariatda mavjud emas.

Qabrni ziyorat qilish — sunnat va mustahab amal. Lekin uning tartibi va adobi bor:

  • Ziyoratni o‘ziga ibrat olish, o‘limni eslash, qalbni yumshatish, oxiratni yodga olish maqsadida qilish kerak.

  • Mayitga salom beriladi: “Assalamu ‘alaykum ahla-d-diyari…”

  • Mayitga duo qilinadi: “Alloh sizlarga rahmat qilsin, oxiratingizni obod qilsin…”

Ammo qabristonga borib, dardini aytish, suhbat qurish, kechinmalarini o‘sha mayitga yo‘llash — bu bid’at va shariatga zid amaldir. Rasululloh ﷺ va sahobalardan bu kabi amallar hech qachon rivoyat qilinmagan.

Shuning uchun, musulmon inson Rasululloh ﷺning sunnatlariga ergashishi lozim. Payg‘ambarimiz qabristonga qanday borgan bo‘lsalar, biz ham shunday qilishimiz kerak. U zot qabristonda o‘tirib, dardlashmaganlar, shunchaki salom berib, duo qilganlar.

Shuningdek, duo qilish faqat qabr ustida bo‘lishi shart emas.
Qayerda bo‘lishingizdan qat’i nazar, duo qilishingiz mumkin. Chunki duo Alloh taologa qilinadi, Alloh esa siz bilan har yerda. Qabrda turgan bo‘ling, uyingizda bo‘ling — duo o‘sha mayitga yetib boradi, agar Alloh qabul qilsa.

Xullas, qabristonga borishning maqsadi:

  • Ibrat olish,

  • Mayitga salom berish,

  • Duo qilish bo‘lishi kerak.

Mayitga foyda yetkazmoqchi bo‘lsangiz:

  • Unga duo qiling,

  • Nomidan sadaqa bering.

Ammo gaplashish, dardlashish, qabr bilan suhbatga kirishishshariatga zid, bid’at va xavfli eshiklarni ochadigan amal hisoblanadi.


Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Bola tug‘mayman deyishga haqqim bormi?

    August 2, 2025
  • Ayol haydovchilarni biriktirib, ayollar uchun taksi xizmati tashkil etish.

    August 2, 2025
  • Suratlarni albomda saqlash hukmi.

    August 2, 2025
  • Ayol ajrashgan erining familiyasida qolsa bo‘ladimi?

    August 1, 2025
  • Cho‘chqa go‘shtini tanib olish uchun ozroq tatib ko‘rsa bo‘ladimi?

    July 29, 2025
  • Koreyada kimdir liftga Allohni so‘kadigan gaplar yozib ketyapti, qanday yo‘l tutaylik?

    July 25, 2025