Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning oxiratdagi zavjalari

Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning oxiratdagi zavjalari

Nashr sanasi: June 15, 2025

Savol :

Ayol kishi oxiratda Payg’ambar sallallohu alayhi vasallamning zavjalari (xotinlari) bo‘lishini Allohdan so‘rashi joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Rasululloh sallallohu alayhi vasallam va u zotning ayollari (azvajuhum) haqida Qur’onda: “Ular va ularning ayollari Jannatda birga bo‘ladilar”, deb kelgan. Shuning uchun salaf-solihlar har doim ma’lum va bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsalarni so‘rashni afzal ko‘rganlar.

Bismillah, alhamdulillah, vassalatu vassalam ‘ala Rasulillahi, va ba’d.
Bu narsani “joiz emas” deb aniq ayta olmaymiz. Lekin bu Alloh Subhanu va Taoloning o‘zi belgilab qo‘ygan masalalaridandir. Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning dunyodagi ayollari oxiratda ham u zotning ayollari bo‘ladi, deb kelgan. Shuningdek, qiyomat kuni kimlar bilan bo‘lishlari, kimlar u zotga yaqin bo‘lishlari haqida ham dalillar bor.

Sahobalar yoki salaflar tomonidan “Rasulullohning ayoli bo‘lishni istayman” degan duolar eshitilmagan. Vallohu a’lam, bu narsa duoda haddan oshish (i’tidolni buzish) kabi tuyuladi.

Shuning uchun salaf-solihlar har doim ma’lum va bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsalarni so‘rashni afzal ko‘rganlar. Chunki Rasululloh sallallohu alayhi vasallam va u zotning ayollari (azvajuhum) haqida Qur’onda: “Ular va ularning ayollari Jannatda birga bo‘ladilar”, deb kelgan.

Agar bu eshik ochib qo‘yilsa, har bir ayol: “Men Rasulullohning zavjalari bo‘lishni xohlayman”, deydi. Ammo bu tabiiyki bo‘lishi mumkin emas. Shuning uchun bunday duo duoda xaddan oshish bo‘lishi mumkin. Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026