Bir do‘stim men bilan birga ishlardi. U boshqa shaharga uch oyga ketdi va qaytgach, holati o‘zgarib, namozni tashlab qo‘ydi. Yaqinda yana keldi. “Tur, namoz o‘qiymiz”, desam: “Yo‘q, meni qo‘yaver. Hozir sen aytgandan keyin o‘qisam, go‘yoki xolis Alloh uchun emas, sening gapingdan so‘ng majburlikdan o‘qiyotgandek bo‘laman”, dedi. Men uni da’vat qilishdan to‘xtamadim, faqat dars va ma’ruzalarni telefoniga yuborib turaman. Ustoz, bu holatda qanday yo‘l tutay?
Namozni tark etgan odamning holati.
Savol :
Javob :
Do‘stingizning bu gaplari — shaytonning vosvasasi. “Sen aytgandan keyin o‘qisam, xolis bo‘lmaydi”, deyish — haqiqatda, shaytonning eng nozik yo‘ldan kirib, bandani namozdan uzoqlashtirishidir. Uni chiroyli, lekin qat’iy tushuntirish kerak: banda Allohning buyruqlariga bo‘ysunadi, da’vatni eshitgach amal qilsa, bu majburiyat emas, balki hidoyatga javob bo‘ladi.
Maqola foydali bo’ldimi?
0