Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ovozini jarrohlik yo‘li bilan o‘zgartirish xilqatni o‘zgartirish hisoblanadimi?

Ovozini jarrohlik yo‘li bilan o‘zgartirish xilqatni o‘zgartirish hisoblanadimi?

Nashr sanasi: May 19, 2025

Savol :

Bir kishi yoshligida kasallik sababli ovozi o‘zgarib, ingichkalashib qolgan. Hozirda esa operatsiya yoki boshqa bir yo‘l bilan ovozini o‘zgartirsa, bu holat xilqatni o‘zgartirishga kiradimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Yo‘q, bu xilqatni o‘zgartirishga kirmaydi. Bu — davolanish hisoblanadi. Chunki insonning asl tabiiy holati — sog‘lom bo‘lishidir. Erkak kishining ovozi ham o‘z yoshiga mos bo‘lishi tabiiy. Ayollar uchun ham shunday.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Yo‘q, bu xilqatni o‘zgartirishga kirmaydi. Bu — davolanish hisoblanadi. Chunki insonning asl tabiiy holati — sog‘lom bo‘lishidir. Erkak kishining ovozi ham o‘z yoshiga mos bo‘lishi tabiiy. Ayollar uchun ham shunday.

Agar bir insonning ovozi yosh bola kabi ingichka bo‘lib qolgan bo‘lsa, bu holat kasallik sanaladi. Agar uni tuzatish imkoniyati bo‘lsa, malakali va tajribali shifokorlar orqali ovozni normallashtirish mumkin bo‘lsa — buni qilish joiz bo‘ladi.

Lekin bunday operatsiyada ehtiyotkorlik zarur. Natijasi ishonchli, xavfsiz bo‘lishi kerak. Agar bu ishlarda mutaxassislar tomonidan tajriba va kafolat bo‘lsa, bu xilqatni o‘zgartirish emas, balki davolanish bo‘ladi.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Homilador holimda erim Rossiyaga olib ketmoqchi, itoat qilmasam bo‘ladimi?

    February 17, 2026
  • Erining so‘kishi va sansirashi yoqmaydigan ayolning savoli.

    February 17, 2026
  • Yoshi katta nomahram qarindosh ayollar bilan qanday ko‘rishish kerak?

    February 13, 2026
  • Muammolardan qutulish uchun Baqara surasini o‘qishning dalili bormi?

    February 13, 2026
  • “Vallohi” deb yolg‘on qasam ichish hukmi.

    February 13, 2026
  • Kundur hidiga jinlar kelmaydimi?

    February 13, 2026