Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi Payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo‘lsin.
Ya’ni ayol kishi tajviddan dars berib pul olish masalasi — bu ulamolar, jumhur ulamolar bunga fatvo berishgan, ya’ni ta’lim berib pul olishga. Lekin men o‘zimning ko‘z qarashimda — vallohu a’lam — bu yaxshi emas deb bilaman.
Alloh uchun qilinsa yaxshi hamma narsa. Lekin o‘shanga ehtiyoj bo‘lsa, masalan, ham targ‘ib uchun deyapsiz, bu narsa joiz. Ehtiyoj bo‘lsa o‘zingizda va yana shogirdlar shunga e’tiborli bo‘ladi deb o‘ylayapsiz-ku. O‘shanday bo‘layotgan bo‘lsa, shar’iy joiz narsa bu.
Lekin aslida o‘zi payg‘ambarlarning nimasi — pulsiz. Ta’lim pulsiz bo‘lishi, da’vat pulsiz bo‘lishi — payg‘ambarlar manhaji bu. Endi jumhur ulamolar pul olib qilishga ruxsat berishgan. Bu yo‘qolib ketmoqda, din bo‘lmasa, odamlar dars beruvchilar kamayib ketadi, pulga qiziqmasa deb fatvo berishgan ekan.
Shu fatvoni olib, masalan, qilgan ishingiz to‘g‘ri bo‘ladi deyiladi.
Keyin eriga yordam berish masalasida, agar eri ruxsat bersa, yordam berish mumkin ayol kishi uchun. Agar eri “o‘tir” degan bo‘lsa, albatta itoat qilish kerak.
“Rizqi bo‘linib ketadi” degan narsa yo‘q. Unga o‘xshagan narsa yo‘q.
Rizq o‘zi azaliy narsa, xotinniki ham, erniki ham — o‘zi Alloh taqdir qilgani bo‘ladi. Bu yerda rizq masalasi emas, erga itoat qilish masalasi ketyapti.
Eriga itoat qilib turib, erning — ya’ni nima desa, shu erda aytganini qilib — uyda o‘tirish kerak.
Er nafaqa bilan ta’minlayaptimi, qorni to‘yib, ochdan o‘lmayaptimi? Bo‘ldi, xotin sabr qilishi kerak bo‘ladi. Agar eri boqolmay qolsa, unda boshqa gap, ya’ni modom men o‘zim boqaman, o‘tir deyayotgan bo‘lsa, demak eri g‘amxo‘r, “oilam, bolam-chaqam, ro‘zg‘orim” deydigan erkak ekan-da bu.
Shuning uchun ayol kishi bunaqa paytda eriga itoat qilib o‘tira qolsa, Alloh taolo haqiqatan bir baraka beradi. Itoatdan, toatdan baraka chiqadi. Vallohu a’lam.