Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Bomdod namozini masjidda jamoat bilan o‘qimagan ishchilarga jarima joriy qilish joizmi?

Bomdod namozini masjidda jamoat bilan o‘qimagan ishchilarga jarima joriy qilish joizmi?

Nashr sanasi: May 9, 2025

Savol :

Ustoz, kompaniyamizda ish vaqti ishroq paytida boshlanadi. Bunga sabab — xodimlar vaqtida ish boshlasin, baraka bo‘lsin, bomdod namoziga e’tiborli bo‘lsin degan niyat. Shuning uchun ish vaqti bomdoddan keyin boshlanadi. Shu sababli, kompaniya menejmenti sifatida, bomdod namozini masjidda jamoat bilan o‘qimagan xodimlar uchun jarima tizimi joriy qilmoqchimiz:
1 kun jamoatga qatnashmasa – 1% oylikdan ushlanadi,
2 kun – 2%,
3 kun – 4%,
4 kun – 8%,
5 kun – 16%,
6 kun – 32%.

Shariat nuqtai nazaridan bunday tizim joriy qilish to‘g‘rimi? Bizda quyidagi shubhalar bor:

  1. Diniy masala (jamoat bilan bomdod o‘qish) uchun jazoni belgilash uchun shar’iy dalil kerak emasmi?
  2. Bu o‘g‘rining qo‘lini kesish kabi hukm hisoblanmaydimi?
  3. Agar bu hukm bo‘lsa, u holda faqat davlat qozi yoki vakolatli shaxslar ijro qilishi kerak emasmi?
  4. Kimdir dunyoda jazolansa, oxiratda jazolanmaydi degan gap bor. Unda bu yerda jazolash to‘g‘rimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Avvalo, bomdod namoziga chiqmaganlarga jarima joriy qilish masalasi shar’an ma’qullanmaydi. Chunki ibodat — ixlos bilan bajarilishi kerak bo‘lgan amal, uni jazodan yoki moliyaviy yo‘qotishdan qo‘rqib bajarish — asl maqsadga zid bo‘ladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu savol — bir amaliy tashabbus (ya’ni, ishchilarga bomdod namozini jamoat bilan o‘qishga targ‘ib sifatida jarima belgilash) ortidan kelib chiqqan savollardan biridir.

Avvalo, bomdod namoziga chiqmaganlarga jarima joriy qilish masalasi shar’an ma’qullanmaydi. Chunki ibodat — ixlos bilan bajarilishi kerak bo‘lgan amal, uni jazodan yoki moliyaviy yo‘qotishdan qo‘rqib bajarish — asl maqsadga zid bo‘ladi.

Rasululloh ﷺ bunday amaliyot joriy qilmaganlar, sahobalar davrida ham bunday jazolash usuli bo‘lmagan. Aksincha, jamoat namoziga targ‘ib qilingan, lekin chiqmaganni jarimaga tortish yo‘li tanlanmagan. Agar pul yo‘qotishdan qo‘rqib chiqsa, bu insonning ibodati xolislikdan uzoqlashadi — Alloh uchun emas, pul uchun bo‘ladi.

Shuning uchun, bu kabi jarima tizimi maqsadga muvofiq emas. Yaxshisi, bu kelishuvni bekor qilib, o‘rniga ilmiy va ruhiy targ‘ib, mukofotlash va savobning ulug‘ligi haqida eslatmalar berish afzal bo‘ladi.

Ammo umumiy shaklda — bir uyda yashayotganlar yoki bir korxonada ishlayotganlar o‘zaro kelishib, tartib-intizom saqlash, vaqtni qadrlash va ba’zi odatlarni rag‘batlantirish maqsadida moliyaviy shartlar qo‘yishlari joizbo‘ladi. Masalan, siz aytgandek, “agar falon amal bajarilmasa, faloncha miqdor jarima” kabi. Bunday kelishuvlar shart asosida bo‘lgani uchun ba’zi hollarda shariatda man etilmagan. Hatto davlat miqyosida ham bu uslub bor: tezlik oshirilsa jarima solinadi, chunki bu ham odamlarning o‘ziga foyda keltiradi.

Shariatda moliyaviy jazoning asosi bor. Masalan:

  • Umar ibn al-Xattob roziyallohu anhu davlat vakillarining (voliylarning) o‘z lavozimi orqali orttirgan mol-dunyosining bir qismini Baytulmolga musodara qilganlar. Haromdan topilgani isbotlanmagan bo‘lsa ham, unga lavozatning ta’siri bor deb qaralgan.

  • Shuningdek, g‘animatdan o‘g‘irlagan kishining barcha ulushi olib qo‘yilgan — bu ham moliyaviy jazo.

Bu kabi jazolar hudud (Alloh belgilagan jazo) emas, balki ijtimoiy tartib va isloh uchun qo‘llangan moliyaviy choralardir. Ya’ni, ularni kim joriy qiladi?

  • Agar davlat miqyosidagi jazo bo‘lsa — uni qozi yoki hokim ijro qiladi.

  • Agar bir uyda yashovchilar, kompaniya xodimlari yoki sheriklar o‘zaro kelishib olgan bo‘lsa — bu jarimani o‘zlari nazorat qiladi. Bu Alloh taolo tomonidan belgilangan hududlar qatoriga kirmaydi.

Siz aytayotgan: “Bu o‘g‘rining qo‘lini kesish kabi jazo emasmi?” — yo‘q, bu hudud emas. Hududlar — Alloh belgilagan va faqat davlat vakillari ijro qiladigan jazo turlaridir:

  • Zino qilgan kishini toshbo‘ron qilish,

  • O‘g‘rining qo‘lini kesish,

  • Tuhmatchini 80 marta urish kabi.

Siz joriy qilmoqchi bo‘lgan jarima — bu odamlar o‘zaro kelishgan shart. Bunday shartga amal qilish esa Qur’oni Karimda amr qilingan:

“Ey iymon keltirganlar! Kelishuvlaringizga sodiq bo‘linglar.” (al-Maida, 1)

Demak, bu jarima kafforat yoki oxirat jazosi o‘rnini bosadigan hukm ham emas. Balki bu — tartib-intizomga rioya qilishni ta’minlashga qaratilgan vosita, shartlashgan mas’uliyatdir.


Xulosa:

  • Shaxsiy yoki ichki kelishuv sifatida shunaqa tartib joriy qilinishi mumkin.

  • Biroq ibodatga majburlash emas, targ‘ib, sabr va rag‘batlantirish afzal.

  • Bu jazolar hudud emas va shar’an jazolash toifasiga kirmaydi.

  • Qur’on va Sunnatdagi misollar asosida bu holat ijtimoiy tartib sifatida mumkin, lekin ehtiyot bilan yondashilishi kerak.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ustoz, otam namoz o‘qimaydilar. U kishini qanday qilib ko‘ngillariga og‘ir botmaydigan tarzda namozga chaqirsam bo‘ladi?

    June 4, 2025
  • Mahsiga mash tortish uchun tahorat bo‘lishi kerakmi? Va uning shartlari qanday?

    June 4, 2025
  • Juma namoziga borishdan xavfsirayotgan kishi nima qilishi kerak?

    June 4, 2025
  • Xufton va vitr namozlarining qazosini o’qilish vaqtlari haqida

    June 1, 2025
  • Imomlik qilish mezonlari

    June 1, 2025
  • Ko‘chada namoz o‘qish imkoniyati yo‘q bo‘lsa, ayol namozni jamlasa bo‘ladimi?

    May 26, 2025