Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ish haqining yarmini bermagan ish beruvchini qarg’ash

Ish haqining yarmini bermagan ish beruvchini qarg’ash

Nashr sanasi: May 7, 2025

Savol :

O‘g‘lim Qozog‘istonga borib ishladi. Ish beruvchi ish haqining yarmini bergan, yarmini esa bermagan. Bunday insonni qanday qarg’asa bo‘ladi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Alloh subhanahu va taolo uch kishining qiyomat kuni o‘zi dushmani bo‘lishini aytgan. Ularning biri — odamni ishlatib, xizmat haqini bermagan kishi. Demak, Alloh taolo qiyomat kuni uning bilan o‘zi gaplashadi, ya’ni Alloh uning raqibi bo‘ladi. Qarg‘ash joizmi? — Ha, joiz. Ammo birinchi navbatda haqqingizni yaxshi yo‘l bilan talab qiling. Agar natija bo‘lmasa, “Alloh kifoya qilsin, Alloh o‘zi jazosini bersin,” deb duo qiling. Mazlumning duosi mustajobdir. Vallohu a’lam.

Bismillahir rohmanir rohiym. Salovatu salom Rasulullohga bo‘lsin.
Qarg‘ish qilish haqida savol berganingiz uchun aytamizki: Alloh kifoya qiladi odamga. Alloh taolo o‘zi hidoyat bersin. Alloh o‘zi isloh qilsin. Bu qilgan ish katta gunoh hisoblanadi.

Hadisda kelgan: Alloh subhanahu va taolo uch kishining qiyomat kuni o‘zi dushmani bo‘lishini aytgan. Ularning biri — odamni ishlatib, xizmat haqini bermagan kishi. Demak, Alloh taolo qiyomat kuni uning bilan o‘zi gaplashadi, ya’ni Alloh uning raqibi bo‘ladi.

Shunday bo‘lgach, bu odamning holi juda og‘ir. U ishlatib, xizmat haqini bermasdan o‘zgalarga zulm qildi, lekin aslida o‘ziga undan ham kattaroq zulm qilgan bo‘ladi. Chunki bu ish katta zulm, u o‘zini Alloh taoloning dushmanligiga olib bordi.

Shuni bilish kerakki, siz haqqingizni so‘rang. Agar bersa — oling, bermasa — Allohga topshiring. Qiyomat kuni albatta haqingizni olasiz.

Qarg‘ash mumkinmi? — Ha, joiz. Ammo duo qiling: “Alloh kifoya qilsin. Alloh o‘zi jazosini bersin,” deb aytsangiz ham yetarli. Alloh qanday kifoya qiladi — uni faqat O‘zi biladi.

Mazlumning duosi mustajobdir. Bu hammamiz uchun eslatma bo‘lsin: dunyo o‘tkinchi. Biz uxlaymiz, lekin mazlumning ko‘zi uxlamaydi. Hadisda aytiladi:
“Tanim uxlaydi, lekin mazlumning ko‘zi uxlamaydi.”
Alloh taolo qasam ichib aytgan: “Izzatimga qasamki, ozroq kechikkan bo‘lsam ham, albatta senga yordam beraman.”

Demak, Alloh taolo mazlumning haqini zoye qilmaydi. Bu masalada kuchli odamlar, boylar, mansab egalari, rahbarlar, hokimiyatda turganlar juda ehtiyot bo‘lishi kerak. Ko‘pincha zulm ular tomonidan yuz beradi.

Masalan, biror tashkilotda yoki organlarda ishlayotganlar, rahbarlar xodimni ishlatib, haqqini bermasa, mazlum albatta duo qiladi, qarg‘aydi. Nohaq qamalgan odam, aybsiz jazolangan kishi — u ham qarg‘aydi. Qarg‘ish albatta o‘z ta’sirini ko‘rsatadi — bugun bo‘lmasa, ertaga. Farzandiga, o‘ziga tegishi mumkin.

Zolim odam bu narsadan juda ehtiyot bo‘lishi kerak. Biz bu haqida, Allohning zulmga bo‘lgan munosabati, mazlumning duosi haqida ko‘p gapirganmiz. Oqibatda aytamizki — mazlum qarg‘ashi mumkin, bu shariatda joizdir.

Sahobalar zamonidan boshlab ko‘plab solihlar duolari qabul bo‘lgan. Sa’d ibn Abu Vaqqosning duolari zudlik bilan ijobat bo‘lgan, bu holatlar tarixda ko‘p qayd etilgan.

Xulosa qilib aytganda: mazlumning duosi mustajob. Qarg‘ash joizmi? — Ha, joiz. Ammo birinchi navbatda haqqingizni yaxshi yo‘l bilan talab qiling. Agar natija bo‘lmasa, duo qilish, qarg‘ash — shariatda ruxsat etilgan. Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ustoz, turk ustozimdan eshitdim: og‘ir kasalga jamoaviy Yosin o‘qish — islomiy jihatdan to‘g‘rimi? Bu bid’atga kirmaydimi?

    June 4, 2025
  • Mahramsiz safarga chiqish shar’an joizmi?

    June 4, 2025
  • Namoz o‘qimaydigan odamga salom bermasa bo‘ladimi?

    June 4, 2025
  • Ovqatdan soch tolasi chiqishi va ovqat pishirgan kishini malomat qilishish haqida.

    June 4, 2025
  • Qaynota kelinga mahrammi? Uning oldida ro‘molsiz yurish va yolg‘iz qolish mumkinmi?

    June 3, 2025
  • Erkak kishi ayolining soliha dugonalaridan ajratishi joizmi?

    June 3, 2025