Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Uyiga kelgan mehmonlarga, o’zining junub holatda ekanligini aytishga uyalib ularga qo‘shilib namoz o‘qiganning hukmi

Uyiga kelgan mehmonlarga, o’zining junub holatda ekanligini aytishga uyalib ularga qo‘shilib namoz o‘qiganning hukmi

Nashr sanasi: May 4, 2025

Savol :

Ustoz, bir kishi junub holatida bo‘lganida uyiga mehmon kelib qolgan. Namoz vaqti bo‘lib qolgan, mehmonlar “namoz o‘qiymiz” deyishgan. U kishi esa junub holatda bo‘lganini aytishga uyalganidan ularga qo‘shilib namoz o‘qigan. Bu bilan dindan chiqqan bo‘ladimi? Chunki men “inson qasddan tahoratsiz namoz o‘qisa, dindan chiqadi” degan gapni eshitgan edim. Bu ishni hijolat bo‘lgani uchun qilgan ekan.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Alloh taolo Qur’onda marhamat qilgan: “Va in kuntum junuban fattaṭahharū” – ya’ni: “Agar junub bo‘lsangizlar, poklaninglar.” Junub holatda namoz o‘qish – hayo emas, bu Allohdan uyalmaslikdir. Inson bandasidan uyalib, Allohdan uyalmasligi – bu hayo emas. Bu ojizlik. Bu – katta xato. Shariat hukmlarini ado etishda hayo qilib, ibodatni tark etish – bu ojizlikdir, bu shaytonga bo‘y sunishdir. Shuning uchun tavba qilish kerak. Alloh taolo tavbalarni qabul qiluvchi Zotdir.

Bismillah, vassalatu vassalamu ‘ala Rasulillah, amma ba’d.

Bu – juda katta xato. Ya’ni, hijolat bo‘lish degan narsa, junub holatda namoz o‘qish kabi holatda kechiriladigan bahona emas. Bu holat katta gunohdir. Chunki bu holda o‘qilgan namoz qabul bo‘lmaydi.

Endi dindan chiqish masalasiga keladigan bo‘lsak: agar bir inson bunday ishni dini masxara qilish, ya’ni diniy hukmlarni kamsitish, kulgi qilish maqsadida qilgan bo‘lsa – u holda dindan chiqadi. Ammo hayo sababli, hijolat bo‘lib qilsa – gunoh bo‘ladi, lekin “dindan chiqdi” deb aytilmaydi. Chunki bu inson: “Xijolat bo‘lib shunday qildim”, – demoqda. Unga dini masxara qilish, bepisandlik qilish xayoliga ham kelmagan. Agar bu ishni dinga qarshi niyatda qilgan bo‘lsa, u holda u odam dindan chiqqan bo‘ladi.

Hatto Abu Hanifa rahmatullohi alayhidan shunday naql qilinadi:
“Akhofu ‘alayhi min amrin ‘azim” – ya’ni, “Men u kishi uchun juda katta xavfdan qo‘rqaman”, – deganlar. Kim uchun? Ataylab betahorat holda namoz o‘qigan odam uchun.

Ammo bu holat kishiga qarab farq qiladi. Masalan, bir odam buni bilmasligi mumkin. Hozir sizning holatingizda: “Hijolat bo‘lib, bilmay qildim”, – deyilgan. Bunday holatda “dindan chiqdi” deyilmaydi. Lekin bilingki – bu juda katta gunoh. Bu johillik, ya’ni bilmaslikdan bo‘lgan gunohdir.

Shariatda bu holatlar uchun alohida hukmlar mavjud. Bizda mashhur bir ibora bor:
“Shariatda sharmandachilik yo‘q” – degan. Bu degani, shariatda yuradigan odam hayo qilmasin, degani emas. Balki, “Al-hayā’u khayrun kulluh” – ya’ni “Hayo butunlay yaxshilikdir”, – deyiladi. Hayo insonni yomonliklardan saqlaydi. Lekin shariat hukmlarini ado etishda hayo qilib, ibodatni tark etish – bu ojizlikdir, bu shaytonga bo‘y sunishdir.

Chunki Alloh taolo Qur’onda marhamat qilgan:
“Va in kuntum junuban fattaṭahharū” – ya’ni: “Agar junub bo‘lsangizlar, poklaninglar.”
G‘usl qilmasdan namoz o‘qish, “hayo qildim” degan bahona bilan Allohning buyrug‘ini bajarmaslik – bu katta gunoh. Bu – jaholatdir. Shuning uchun inson ilm olishi, o‘rganishi kerak.

Hayo ham o‘z o‘rnida, me’yorida bo‘lishi kerak. Me’yordan oshsa, hayo bo‘lmay qoladi. Masalan, junub holatda namoz o‘qish – hayo emas, bu Allohdan uyalmaslikdir. Inson bandasidan uyalib, Allohdan uyalmasligi – bu hayo emas. Bu ojizlik. Bu – katta xato.

Shijoat, adolat kabi fazilatlar ham me’yoridan chiqsa, o‘z nomini yo‘qotadi. Har bir narsaning o‘rtacha, muvozanatli bo‘lishi – bu fiqhdir. Hayoning fiqhi shundaki: hayo qilish Allohning hududlarida, ya’ni farzlarini ado etishda to‘xtamasligi kerak. Allohdan uyalmagan odam, bandasidan uyalib ish qilsa – bu hayo emas.

Shuning uchun tavba qilish kerak. Alloh taolo tavbalarni qabul qiluvchi Zotdir. Va shuni eslab qolishimiz kerakki, hayoni me’yorini bilishimiz lozim. Shariatda buyurilgan amallarni ado etishda hayo qilish – xato.

Ba’zi odamlar “hayo qilaman” deb namoz o‘qishdan, ro‘mol o‘rashdan uyalishadi. Ayollar ro‘mol o‘rashga hayo qiladi, lekin ro‘molsiz ko‘chada bemalol yuradi. Bu hayo emas. Aslida, ro‘molsiz yurishning o‘zi behayoliklikdir. Shariat hukmlaridan chiqish – behayolikdir.

Shariat – adolat va hayoning me’yorini belgilab bergan nizomdir.
Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ustoz, otam namoz o‘qimaydilar. U kishini qanday qilib ko‘ngillariga og‘ir botmaydigan tarzda namozga chaqirsam bo‘ladi?

    June 4, 2025
  • Mahsiga mash tortish uchun tahorat bo‘lishi kerakmi? Va uning shartlari qanday?

    June 4, 2025
  • Juma namoziga borishdan xavfsirayotgan kishi nima qilishi kerak?

    June 4, 2025
  • Xufton va vitr namozlarining qazosini o’qilish vaqtlari haqida

    June 1, 2025
  • Imomlik qilish mezonlari

    June 1, 2025
  • Ko‘chada namoz o‘qish imkoniyati yo‘q bo‘lsa, ayol namozni jamlasa bo‘ladimi?

    May 26, 2025