Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Silai rahmni uzish

Silai rahmni uzish

Nashr sanasi: April 20, 2025

Savol :

Onam aka va opalari bilan unchalik bordi-keldi qilmaydi.
To‘g‘ri, salom-alik qiladi, lekin oldingidek o‘tirib suhbatlashmaydi. Bu silai rahmni uzishga kiradimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar salom-alik qilinayotgan bo‘lsa ham, ilgari bo‘lgan mehr-muloqotdan asar qolmagan bo‘lsa, bu silai rahmni zaiflashtirishdir. Iloji boricha avvalgi iliq munosabatni tiklashga harakat qilish kerak.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ha, bu — silai rahmni qisman uzishga kiradi. Silai rahmni to‘liq uzish ham bor, qisman uzish ham bor. Agar ilgari bordi-keldi, gap-so‘z bo‘lgan bo‘lsa, hozir esa u to‘xtab qolgan bo‘lsa, bu uzilish sanaladi.
Urfga ko‘ra aka-uka, opa-singillar ma’lum davrlarda aloqada bo‘lishi, bir-birining holidan xabar olib turishi kerak. Agar bu urfiy muloqot to‘xtasa, bu silai rahmning sustlashganidir.

Shariatda silai rahmni uzish katta gunoh sanaladi. To‘liq uzgan kishi haqida og‘ir tahdidlar keltirilgan. Qisman uzish esa darajaga qarab baholanadi — lekin bu ham loqaydlikdir.

Xulosa:
Agar salom-alik qilinayotgan bo‘lsa ham, ilgari bo‘lgan mehr-muloqotdan asar qolmagan bo‘lsa, bu silai rahmni zaiflashtirishdir. Iloji boricha avvalgi iliq munosabatni tiklashga harakat qilish kerak.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026
  • Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

    April 8, 2026