Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Farzandlarga aliment olish joizmi?

Farzandlarga aliment olish joizmi?

Nashr sanasi: April 19, 2025

Savol :

Men ajrashganman, farzandlarimga aliment olaman, lekin bu shar’iy sud orqali emas. Bolalarimning otasi davlat ishida ishlaydi va ish haqidan aliment ajratiladi. Shu pul bizga shar’iy jihatdan halolmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Aliment yoki nafaqa tarzida berilgan bu pul — siz va farzandlaringiz uchun halol hisoblanadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar u kishi o‘z ish haqidan aliment to‘layotgan bo‘lsa — ya’ni sizga cho‘chqa go‘shti yoki aroq emas, pul berayotgan bo‘lsa — bu pulning o‘zi harom emas. Siz u puldan non olasiz, kiyim olasiz, hayotingiz uchun ishlatasiz.

Agar u kishi pulni harom yo‘l bilan topayotgan bo‘lsa ham, bu uning o‘zi uchun javobgarlikdir. Siz esa o‘sha puldan bolalaringiz haqqi sifatida olmoqdasiz. Bu — otaning o‘z zimmasidagi shar’iy vazifasidir.

Aliment yoki nafaqa tarzida berilgan bu pul — siz va farzandlaringiz uchun halol hisoblanadi. Ota esa, agar harom yo‘l bilan topgan bo‘lsa, Alloh huzurida o‘zi javob beradi.

Bu masalaga o‘xshash holda, Ibn Mas‘ud roziyallohu anhu:
“لكم هناؤه، وعليه عناؤه”“Rohati sizlarga, mas’uliyati unga” — deganlar.

Shunday ekan, bu aliment pullari bilan farzandlaringizni boqishingizda shar’iy jihatdan hech qanday muammo yo‘q.

Vallohu A‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026
  • Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

    April 8, 2026