Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Chilla o’tirish bormi?

Chilla o’tirish bormi?

Nashr sanasi: April 15, 2025

Savol :

Bir birodar bilan chilla haqida bahslashib qoldik. Men “chilla” degan narsa yo‘q, bid’at dedim. U esa chilla bu sunnat, hatto Muhammad sollallohu ‘alayhi vasallam ham Hiro g’orida chilla tutganlar, dedi. Men esa bu gap noto‘g‘ri, payg’ambarlarga tuhmat bo‘lib qolmasin dedim. Shu gap qanchalik to‘g‘ri? Iltimos, bu mavzuni kengroq tushuntirib bering.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

“Chilla” — shariatda yo‘q. Rasululloh ﷺ Hiro g’orida bo‘lgan kunlari chilla emas, uzlat edi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Rasululloh ﷺ Hiro g’orida o‘tkazgan kunlari “chilla” emas, uzlat (yolg‘izlikda fikr yuritish) deb ataladi. Bu holat u zotga vahiy kelishidan oldin sodir bo‘lgan. Ya’ni bu nubuvvatdan oldingi uzlat edi. Payg’ambar bo‘lganlaridan keyin Rasululloh ﷺ bunday qilmaganlar, sahobalarga ham bunday ishni buyurmaganlar.

Sahobalar ichida birortasi Hiroga borib, 40 kun uzlatda o‘tirgan yoki chilla tutgan degan manba yo‘q. Bu degani, Rasululloh ﷺ va sahobalar yo‘lidan bunday amal o‘tmagan. Shariatda esa, sunnat faqat Rasululloh ﷺ va sahobalar amali orqali aniqlanadi.

Keyinchalik Rasululloh ﷺ Ramazon oyida masjidda i’tikof o’tirganlar, bu sunnat hisoblanadi. I’tikof masjiddan chiqmagan holda, besh vaqt namozda, jamoatga qatnashgan holda, Qur’on, zikr va ibodatlar bilan o‘tadi.

Ammo bugungi kunda “chilla” deb atalayotgan amallar aksariyat hollarda:

  • Yolg‘iz xona yoki chillaxonada,

  • Jumaga chiqmaslik,

  • Jamoat namozlarini tark etish,

  • Oila va farzandlar haq-huquqlaridan yuz o‘girish,
    kabi og‘ir xatolarga olib kelmoqda. Bu esa nafaqat bid’at, balki joiz bo‘lmagan amaldir.

Agar kimdir “men masjidda 40 kun ibodat qilaman” desa — bu savobli ish, lekin unga “chilla” emas, i’tikof deyish kerak. Ismlarni shariat belgilagandek qo‘llash lozim. Chunki ibodatni noto‘g‘ri niyat yoki nom bilan ado etish bid’atga olib boradi.

Xulosa:
“Chilla” — shariatda yo‘q. Rasululloh ﷺ Hiro g’orida bo‘lgan kunlari chilla emas, uzlat edi. Rasululloh ﷺ va sahobalar tomonidan amalda qilinmagan narsani sunnat deyish noto‘g‘ri. E’tikof esa mavjud, masjidda bo‘ladi va sunnatga asoslangan.
Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Sotilgan chiptalardan tushgan bonuslar evaziga boshqa insonlarga chipta olib bersa bo’ladimi?

    October 10, 2025
  • Qarzga pul so‘rash o‘rniga muddatli to‘lovga mashina oldirish haqida savol.

    October 7, 2025
  • Yoshligida yigitlar bilan gaplashgan qizlar erga tekkach bu ishini aytishi kerakmi?

    October 7, 2025
  • Emizikli boladan ortgan ovqatni otasi yesa bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Otasi urushqoq xo‘roz yetishtirib sotadigan yigitning savoli.

    October 6, 2025
  • Noila deb ism qo‘yish hukmi.

    October 6, 2025