Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Hushtak va Qarsak

Hushtak va Qarsak

Nashr sanasi: April 12, 2025

Savol :

Hushtak yoki qarsak chalishdan chetlanish haqida sahih hadis kelganmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Hushtak va Qarsak chalish amallari muboh hisoblansada, ixtilof bo‘lganligi sababli tark etish afzal hisoblanadi

Bu haqda “hushtak chalma” yoki “qarsak chalma” degan aniq sahih hadis kelmagan. Biroq, Qur’onda mushriklarning Ka’bani atrofidagi ibodatlari tanqid qilingan. Ular Ka’ba atrofiga to‘planib, hushtak chalib, qarsak chalganlar. Alloh taolo ularning bu holatini ayblab, shunday deydi: “Ularning Ka’ba atrofidagi ibodatlari hushtak chalish va qarsak chalishdan iborat edi”.

وَمَا كَانَ صَلَاتُهُمْ عِندَ ٱلْبَيْتِ إِلَّا مُكَآءًۭ وَتَصْدِيَةًۭ ۚ فَذُوقُوا۟ ٱلْعَذَابَ بِمَا كُنتُمْ تَكْفُرُونَ
(Anfal surasi, 35-oyatga ishora).

Shundan anglashiladiki, mushriklarning ibodatini ayblash orqali, namozda bunday amallar (hushtak va qarsak) yomonlangan. Mushriklar o‘zlarini “biz ham ibodat qilyapmiz, ota-bobolarimizning dinidamiz” deb faxrlanib aytganlar. Alloh esa ularning ibodatini hushtak va qarsak bilan o‘tishini tanqid qilgan.

Lut qavmining yomon xulqlari sanalgan joylarda hushtak chalish, kaptarlarga hushtak chalib yurish ularning illatlaridan biri sifatida tafsirlarda aytiladi. Biroq bu tafsirlarda kelgan bo‘lib, sahih hadislar bilan emas, balki isroiliylotlar asosida bayon qilingan.

Shunday bo‘lsa-da, sahih hadisda to‘g‘ridan-to‘g‘ri “hushtak chalma” yoki “qarsak chalma” degan lafzda hukm kelmagan. Bu masalada ulamolar ikki xil qarashga ega:

Ba’zilar aytadiki, Alloh mushriklarni aynan shu amallar bilan yomonlagani uchun bu amallar kofirlarning odati hisoblanadi. Ularni qilgan odam o‘sha mushriklarga o‘xshab qoladi.

Boshqalar esa bu ayblov faqat namozdagi holatga tegishli, degan. Namozda erkaklar tasbeh aytadi, ayollar esa qarsak chaladi, chunki ayolning ovozi namozda avrat hisoblanadi.

Bu holat faqat namozga taalluqli. Namozdan tashqarida esa hushtak yoki qarsak chalish o‘z-o‘zidan muboh ishlarga kiradi. Masalan, yig‘ilishlarda birov yaxshi ish qilsa yoki chiqish qilsa, olqish sifatida qarsak chalish odati bor. Bunda ulamolar turli fikrlar bildirgan:

Ba’zilar bu boshqa millatlarga taqlid bo‘lib qoladi, bizda — Islom millatida — bu odat bo‘lmagan, biz takbir, tasbeh aytamiz: “Allohu Akbar”, “Subhanalloh” deydi.

Boshqalar esa bu o‘sha millatlarga taqlid emas, aslida joiz ish, deb hisoblaydi.

Shu sababdan, bu masala ixtilofli hisoblanadi va bu haqida ochiq, qat’iy dalil (nas) yo‘q. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bu haqida sahih rivoyat kelmagan.

Shuning uchun qanday xulosa qilamiz?
Ixtilofli masalalarda ihtiyot choralari sifatida bunday amallarni tark etgan afzal. Qarsak yoki hushtak chalmang, balki takbir ayting, tasbeh ayting. Hech kim sizni: “Noto‘g‘ri qilding, takbir aytding” deb aytmaydi. Ammo hushtak chalish zarurat bo‘lsa — masalan, uzoqda turgan odamni chaqirish uchun — bu muboh ishga kiradi. Uni o‘sha mushriklarga o‘xshatish qiyin.

Xulosa shuki, bu amallar asosan muboh bo‘lsa-da, ixtilof bo‘lganligi sababli tark etish afzal hisoblanadi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ayol kishining WhatsApp va Telegram tarmoqlarida guruh ochib savdo qilishi.

    April 19, 2025
  • Zulqarnayn deb ism qo‘yish joizmi?

    April 19, 2025
  • Boylarning oldida o‘zini xor tutgan kishining dinining uchdan biri ketadi degan hadis bormi?

    April 19, 2025
  • Farzandlarga aliment olish joizmi?

    April 19, 2025
  • Sun’iy idrok (AI), din va musulmonlar

    April 17, 2025
  • Imkoniyatingiz bo’lsa ilm olish afzalmi yoki hojiboshilik?

    April 17, 2025