Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ateist otaning haqqiga duo qilish mumkinmi?

Ateist otaning haqqiga duo qilish mumkinmi?

Nashr sanasi: April 10, 2025

Savol :

Dadam ateist edi, yaqinda vafot etdi. Uning haqqiga Allohdan rahmat so‘rab duo qilish joizmi yoki birovni unga duo qilishga iltimos qilish kerakmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Agar kishi kufrda vafot etgan bo‘lsa, uning haqqiga rahmat so‘rash, sadaqa qilish, jannat tilash, istig‘for aytish shariatda joiz emas.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar otangizning ateist bo‘lgani aniq bo‘lsa – ya’ni Allohni tan olmagan, oxiratga ishonmagan bo‘lsa – unday kishining haqqiga duo qilish, janoza o‘qish shariatda joiz emas. Chunki Alloh taolo ochiq oyatlarda bunga qat’iy man qilgan: mo‘min bo‘lmagan, kufrda vafot etgan odamlar uchun duo qilish, istig‘for so‘rash mumkin emas.

Rasululloh ﷺ aytganlar: “Onam uchun qabr ziyoratiga ruxsat so‘radim – ruxsat berildi. Istig‘forga ruxsat so‘radim – ruxsat berilmadi.” (Imom Muslim rivoyati)

Shuningdek, Qur’oni Karimda aytiladiki,

وَلَا تُصَلِّ عَلَىٰٓ أَحَدٍۢ مِّنْهُم مَّاتَ أَبَدًۭا وَلَا تَقُمْ عَلَىٰ قَبْرِهِۦٓ 

“(Kofir) mayyitga janoza o‘qima va qabrining oldida turma.” (Tavba: 84)

Shunday ekan, agar kishi kufrda vafot etgan bo‘lsa, uning haqqiga rahmat so‘rash, sadaqa qilish, jannat tilash, istig‘for aytish shariatda joiz emas. Bu eshik yopiladi.

Biroq siz uchun bu og‘ir sinov. Allohga shukrki, sizni iymon bilan siylagan. Rasululloh ﷺ eng yaqin amakilari Abu Tolibga ham iymon nasib bo‘lmaganidan qattiq iztirob chekkandilar. Shunda Alloh taolo aytdi:

إِنَّكَ لَا تَهْدِى مَنْ أَحْبَبْتَ وَلَـٰكِنَّ ٱللَّهَ يَهْدِى مَن يَشَآءُ

“Ey Muhammad, sen o‘zing istagan kishini hidoyatga yo‘naltira olmaysan. Faqat Alloh xohlagan bandalarini hidoyat qiladi.” (Qasas: 56)

Demak, hidoyat Allohning qo‘lidadir. Biz o‘zimizga berilgan iymon ne’matiga shukr qilib, boshqalarni ham da’vat qilishimiz kerak. Ayniqsa, yaqinlarimizni bu holatga tushib qolmaslikdan ogohlantirish lozim.

Alloh hammamizga tavfiq bersin. Amin.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Ayol kishining WhatsApp va Telegram tarmoqlarida guruh ochib savdo qilishi.

    April 19, 2025
  • Zulqarnayn deb ism qo‘yish joizmi?

    April 19, 2025
  • Boylarning oldida o‘zini xor tutgan kishining dinining uchdan biri ketadi degan hadis bormi?

    April 19, 2025
  • Farzandlarga aliment olish joizmi?

    April 19, 2025
  • Sun’iy idrok (AI), din va musulmonlar

    April 17, 2025
  • Imkoniyatingiz bo’lsa ilm olish afzalmi yoki hojiboshilik?

    April 17, 2025