Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Ro’za >Ro‘za holatida lab va milklarga og‘riq qoldiruvchi ukol qildirish joizmi?

Ro‘za holatida lab va milklarga og‘riq qoldiruvchi ukol qildirish joizmi?

Nashr sanasi: February 11, 2025

Savol :

Ustoz, dard vaqt tanlamas ekan, inson Ramazon oyida ham ba’zi muolajalarga muhtoj bo‘lib qoladi. Shu kunlarda tishimni davolatmoqdaman, muolajam Ramazongacha cho‘zilib ketmoqda. Og‘riq qoldiruvchi ukollarsiz juda ham mushkul, ba’zan chiday olmaydigan darajaga yetadi. Zarurat bo‘lsa, ro’za holda lab va milklarga og‘riq qoldiruvchi ukol qildirish joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Ro‘za holatida ozuqa bo‘lmaydigan ukol olish joiz, ammo suv yoki qon kabi narsalarni yutib yuborishdan saqlanish kerak.

Bismillah,

Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Davolanish masalasiga kelsak,  Ramazon oyida tishni davolatish joiz deydi ulamolar.

  • Agar og‘riq qoldiruvchi ukol qilinadigan bo‘lsa, ba’zi ulamolar buni joiz deb hisoblashgan, chunki ukol yeb-ichish hukmiga kirmaydi.
  • Ro‘zador faqat yeb-ichish va ayoliga yaqinlik qilishdan qaytarilgan, shuning uchun yeb-ichish ma’nosiga kirmaydigan ukollar ro‘zani ochmaydi.

Lekin tanaga kiradigan har qanday modda ro‘zani ochadi degan ulamolar ham bor.
Shuning uchun ixtilofdan chiqish uchun kechasi, iftordan keyin tishni davolatish afzal bo‘ladi. Agar chidab bo‘lmasa, va kechasi imkon bo‘lmasa yoki klinika kechasi ishlamasa, zarurat sababli kunduzi davolatish joiz.
Fakat ehtiyot bo‘lish kerak, chunki tish olinayotganda yoki davolayotganda ichkariga qon, suv yoki boshqa moddalar ketib qolishi mumkin.

  • Ba’zi ulamolar: “Agar beixtiyor oz miqdorda qon yoki suv yutib yuborilsa, ro‘za ochilmaydi.”
  • Boshqa ulamolar: “Ehtiyot yuzasidan bitta kun qazo qilib berish afzal.” deydilar.

Xulosa:

  • Tishni Ramazonda davolatish joiz.
  • Og‘riq qoldiruvchi ukol ro‘zani buzmaydi.
  • Imkon bo‘lsa, kechasi davolash afzal.
  • Beixtiyor suv yoki qon yutilib ketsa, ayrim ulamolar qazo qilishni tavsiya qilgan.

Vallohu A’lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Qazo ro’zasini tutish muddati

    May 21, 2025
  • “Qand kasalligim bor, ba’zida ro‘za tuta olmayman — fidya to‘lashim shartmi?”

    May 14, 2025
  • Ro’za paytida burunga dori sepish

    May 1, 2025
  • Tuta olmagan Ramazon oyining qazo ro’zasini tutish tartibi

    April 29, 2025
  • Bomdoddan so‘ng nonushta qilib, tushlik qilmasdan “ro‘za tutdim” deb niyat qilsa bo’ladimi?

    April 22, 2025
  • Etikof qachon ado etiladi?

    March 19, 2025