Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Zam suralarni xato o‘qiydigan odam oilada imomlikka o‘tishi mumkinmi?

Zam suralarni xato o‘qiydigan odam oilada imomlikka o‘tishi mumkinmi?

Nashr sanasi: January 6, 2025

Savol :

Oilada imom bo‘lib, namozda zam suralarni xato bilan o‘qiydigan erkak imomlik qilishi mumkinmi? Fotiha surasini deyarli to‘g‘ri o‘qiydi, lekin uning yoshi katta bo‘lgani uchun qayta o‘rgatishning iloji yo‘q.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Imom tanlashda Allohning Kitobini eng yaxshi o‘qiydigan kishi imom bo‘lishi kerak.

Bismillah,

Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Sunnatga ko‘ra, imom tanlashda Allohning Kitobini eng yaxshi o‘qiydigan kishi imom bo‘lishi kerak. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda shunday deganlar: “Imom bo‘lib odamlarga Allohning Kitobini eng yaxshi o‘qiydigan kishi imomlik qilsin”.

Agar, ikki kishi Qur’on o‘qishda bir xil darajada bo‘lsa, unda Sunnatni yaxshi biladigan kishiga afzallik beriladi. Shunday ekan, agar uydagi boshqa bir kishi ushbu yoshi katta erkakdan yaxshiroq Qur’on o‘qiy olsa, unda imomlik uchun shu kishini tanlash kerak. Yoshning katta bo‘lishi namozda imomlik qilishga ustuvorlik bermaydi, faqatgina Qur’on o‘qish va Sunnat bilishda ikki kishi bir xil darajada bo‘lsa, katta yoshli kishi afzal bo‘ladi.

Biroq, agar yoshi katta erkak va Qur’onni yaxshi o‘qiydigan yosh yigit bo‘lsa, unda imomlik yosh kishiga topshiriladi. Chunki, imomlikda ustuvorlik yoshga emas, balki Allohning Kitobini eng yaxshi o‘qiydigan kishiga beriladi.

Vallohu A’lam

Javob muallifi:

Shayx Xolid al-Fulayj

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Namozga kechikib kelgan odam nima qiladi?

    January 8, 2025
  • Fotiha surasini tushunmay namoz o‘qish.

    January 6, 2025
  • Tahorat qilayotganda oyoqlarni to‘piqdan yuqori qismini yuvish

    January 6, 2025
  • Basmalaning («Bismillahir Rohmanir Rohiym») hukmi

    January 1, 2025
  • Basmalaning yani Bismillahir Rohmanir Rohiymni o‘rni.

    January 1, 2025
  • To’shak ustida turib namoz o’qisa bo’ladimi?

    December 31, 2024