Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Yosh bolalar tahoratsiz holda Qur’on yodlashi va namoz o‘qishi joizmi?

Yosh bolalar tahoratsiz holda Qur’on yodlashi va namoz o‘qishi joizmi?

Nashr sanasi: May 10, 2025

Savol :

Ustoz, tamyiz yoshiga yetgan, ya’ni oq-qorani ajrata oladigan yoshdagi bolalar tahoratsiz Qur’on yodlashi yoki ba’zida tahoratsiz namoz o‘qishi joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Balog‘atga yetmagan bolaga tahorat shart emas, ammo Qur’on va namozda tahoratga odatlantirish kerak; bilmay tahoratsiz o‘qisa, gunoh yozilmaydi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Balog‘atga yetmagan, tamyiz yoshidagi bolalarga tahorat olish shart emas, lekin ularni Qur’onni tahorat bilan yodlashga va namozni tahorat bilan o‘qishga odatlantirish kerak.

Namozga kelganda, ularni tahoratsiz o‘qitishga ruxsat berilmaydi. Namozni tahorat bilan o‘qitish tarbiyaning bir qismidir. Ammo agar bola bilmagan holda tahoratsiz o‘qib qo‘ysa, bu sababli gunoh yozilmaydi, chunki u hali mukallaf emas.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Yangi namoz boshlagan onamga vitrni o‘rgatmay tursam bo‘ladimi?

    November 28, 2025
  • Namozda kulsa tahorat sinadimi?

    October 31, 2025
  • 3 yoki 4 rakaatli jamoat namozining oxirgi rakaatiga ulgurgan kishi namozni qanday tamomlaydi?

    October 29, 2025
  • Ikki sajda orasida “raf’ul yadayn” qilish sunnatmi?

    October 27, 2025
  • Namozda Fotiha surasini imomdan avval tugatish hukmi.

    October 4, 2025
  • Sajdada oyoq barmoqlari yerdan uzilsa namoz buziladimi?

    October 1, 2025