Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Xaridor uyimni bank krediti orqali olmoqchi. Men bu holda sotishim joizmi?

Xaridor uyimni bank krediti orqali olmoqchi. Men bu holda sotishim joizmi?

Nashr sanasi: May 24, 2025

Savol :

Menda bitta uy bor, uni sotaman desam, xaridorlar bank orqali sotib olamiz deyapti, naqdga hech kim so‘ramayapti. Maslahat bering, nima qilsam bo‘ladi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qisqacha javob; Ha, agar boshqa xaridor topilmayotgan bo‘lsa, Imom Shofiy mazhabi bo‘yicha joiz. Xaridorning bank bilan aloqasi sizga bog‘liq emas. Siz halol savdo qilyapsiz.

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi Payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo‘lsin.

Agar haqiqatan sotishga boshqa klient bo‘lmayotgan bo‘lsa, buni o‘sha Imom Shofiy mazhablari bo‘yicha sizdan olayotgan odamga halol savdo bilan sotsangiz bo‘ladi. U odam pulni bankdan oladimi, u boshqadan oladimi — u bilan ishingiz yo‘q.

Xuddi yahudiyga narsa sotsangiz, u yahudiy ribodan pul topib kelib sizdan olyapti, masalan. Sotma, demaydi-ku hech kim. Shunga o‘xshagan narsa bu ham. Sotyapsiz, bu odam pulni bankdan olib kelyapti, kimdan qarz olib kelyapti, riboga qarz olib kelyapti — bu sizni qiziqtirmaydi. Sizdan uy olyapti, pulni beryapti — savdo halol.

Bank bilan bo‘lgan muomala — u oluvchi bilan o‘zining o‘rtasidagi muomala. U sizni qiziqtirmaydi. Bu — Imom Shofiy mazhablari bo‘yicha aytilgan gap. Saddi zariya deganda — o‘sha Imom Molik mazhablariga ko‘ra bu bo‘lmaydi.

Imom Shofiyning mazhabida Saddi zariya bunaqangi narsalarda kengroq ochilgan. Shuning uchun o‘rtacha bir qavol bilan aytganda, agar haqiqatan boshqa bir savdoga, tijoratga sotilmasangiz va shundan boshqa yo‘li bo‘lmasa, Imom Shofiy qavoliga binoan o‘sha uyda sotsa bo‘ladi shu holatda.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Uyni bitishidan avval sotib olish hukmi.

    July 16, 2025
  • Erim bilan chiqisha olmayapman, oylab gaplashmaydi, uch farzandimiz bor. Yashashni ham, ajrashishni ham bilmayapman. Nima qilay?

    July 12, 2025
  • Peshin namozining avvalidagi to‘rt rakat sunnatini ikki rakat qilib o‘qisam bo‘ladimi?

    July 9, 2025
  • Qayta nikohda vakolat yangilanmasa, nikoh botil bo‘ladimi?

    July 8, 2025
  • Asrab olingan bola balog‘atga yetgan bo‘lsa, uni qanday mahram qilish mumkin?

    July 8, 2025
  • Safarda mahsiga 3 kun mas’h tortish joizmi?

    July 8, 2025