Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Uch rakatli vitr namozi va qunut duosi haqida

Uch rakatli vitr namozi va qunut duosi haqida

Nashr sanasi: April 22, 2025

Savol :

Uch rakatli vitr namozini shom namoziga o‘xshatib o‘qish mumkin emas, deb eshitgandim. Bundan tashqari, qunut duosini aytmasa ham bo‘ladimi yoki uni aytish shartmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Vitr namozi masalasida turli xil o‘qish uslublari bor: uch rakatni birgalikda o’qish, ikki rakat o‘qib salom berib, keyin bir rakat alohida o‘qish va besh yoki yetti rakatni birgalikda o‘qish. Vitr namozini shom namoziga o‘xshab o‘qilishi sahih sunnatda keltirilmagan. Hanafiy mazhabiga ko‘ra, vitr namozida qunut duosi vojib hisoblanadi. lekin ko‘pchilik ulamolar fikricha, qunut duosi vojib emas, balki mustahabdir. O‘qisangiz savobli amal qilgan bo‘lasiz, o‘qimasangiz mustahabni tark qilgan bo‘lasiz. Vallohu a’lam.

Vitr namozi borasida turli xil ko‘rinishlar rivoyat qilingan. Hanafiy mazhabi ulamolari hozirgi kundagi — shom namoziga o‘xshab o‘qiladigan shaklini tanlaganlar. Ular sahobalardan ham shunday o‘qilganligi haqidagi rivoyatlarni keltirganlar.

Rasulullohning sunnatlarida vitr namozi haqida kelgan sahih dalillarda bu tarzda — aynan shomga o‘xshab — o‘qilgan holat mavjud emas. Lekin bu masalada ish keng deb hisoblashadi ulamolar. Ya’ni vitr masalasida turli xil o‘qish uslublari bor:
— Xohlasangiz uch rakatni birgalikda o‘qing.
— Xohlasangiz ikki rakat o‘qib salom bering, keyin bir rakat alohida o‘qing.
— Shuningdek, besh yoki yetti rakatni birgalikda ham o‘qish mumkin.

Vitr namozining turli ko‘rinishlari sunnatda kelgan, ammo aynan shom namoziga o‘xshab o‘qilishi sahih sunnatda keltirilmagan, deydi ba’zi ulamolar. Hanafiy mazhab ulamolari esa bu usulni sahobalarning amallaridan kelib chiqib tanlaganlar. Xulosa shuki, bu masalada ish keng — qaysi uslubda o‘qisangiz ham sunnatni bajargan bo‘lasiz, inshaalloh, savobdan qolasiz degani emas.

Endi qunut duosiga keladigan bo‘lsak, bu masala ham ixtilofli. Hanafiy mazhabiga ko‘ra, vitr namozida qunut duosi vojib hisoblanadi, ya’ni tark qilinsa gunohkor bo‘lish ehtimoli bor. Ular dalil sifatida “Va qumu lillahi qonitin” oyatini keltiradilar va bu oyatni qunut duosini o‘qishga dalil sifatida qabul qilganlar.

Jumhur (ya’ni boshqa ko‘pchilik mazhab) ulamolari esa vitr namozining o‘zi mustahab amal, deb hisoblashadi. Qunut duosini aytish ham mustahab, ya’ni aytilmasa, shunchaki mustahabni tark qilgan bo‘linadi, vojibni emas. Ya’ni, qilinsa yaxshi, qilinmasa ham gunoh yo‘q.

Ular aytishicha, “Va qumu lillahi qonitin” oyati qunut duosiga emas, balki namozda jim turishga dalolat qiladi. Chunki avvallari sahobalar namozda ozroq suhbatlashishardi, keyinchalik bu oyat nozil bo‘lgach, “Endi jim bo‘ladigan bo‘ldik”, deb aytishgan.

Shunday ekan, bu ijtihodiy masala — ya’ni fiqhiy tafovutlar bilan bog‘liq. Jumhur bilan Hanafiylar orasida farq bor, lekin ko‘pchilik ulamolar fikricha, qunut duosi vojib emas, balki mustahabdir. O‘qisangiz savobli amal qilgan bo‘lasiz, o‘qimasangiz mustahabni tark qilgan bo‘lasiz.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ustoz, otam namoz o‘qimaydilar. U kishini qanday qilib ko‘ngillariga og‘ir botmaydigan tarzda namozga chaqirsam bo‘ladi?

    June 4, 2025
  • Mahsiga mash tortish uchun tahorat bo‘lishi kerakmi? Va uning shartlari qanday?

    June 4, 2025
  • Juma namoziga borishdan xavfsirayotgan kishi nima qilishi kerak?

    June 4, 2025
  • Xufton va vitr namozlarining qazosini o’qilish vaqtlari haqida

    June 1, 2025
  • Imomlik qilish mezonlari

    June 1, 2025
  • Ko‘chada namoz o‘qish imkoniyati yo‘q bo‘lsa, ayol namozni jamlasa bo‘ladimi?

    May 26, 2025