Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Haj >Tahorati tez buziladigan kishi Ka’bani qanday tavof qiladi?

Tahorati tez buziladigan kishi Ka’bani qanday tavof qiladi?

Nashr sanasi: May 14, 2025

Savol :

Tahorati tez buziladigan va har bir namozdan oldin tahorat olishga majbur bo‘lgan kishi Ka’bani qanday tavof qiladi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Tahorati tez buziladigan kishi tahorat olib tavofni boshlab, tahorati buzilsa ham tavofni davom ettirishi mumkin.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bunday holatdagi kishi tahorat olib tavofni boshlab yuboradi. Agar tavof davomida tahorati buzilsa ham — tavofini davom ettirishi mumkin.

Bu masala fiqhiy ixtilofli hisoblanadi:

  • Imom Shofi’iy rahimahulloh: Tavof qilish uchun tahorat shart, degan.

  • Imom Abu Hanifa rahimahulloh: Tavofda tahorat shart emas, degan.

Imom Abu Hanifaning bu fikri dalilga yaqinroq (rojiħ) sanaladi. Chunki:

  1. Rasululloh ﷺ bilan birga 100 mingdan ortiq odam Haj qilgan. Erkak, ayol, yosh, keksa — har xil insonlar bo‘lgan.

  2. Shunday katta miqdordagi odamga “Tavofni faqat tahorat bilan qilinglar” degan alohida amr sahih hadisda kelmagan.

  3. Rasululloh ﷺ eng kichik holatlardayam (masalan, hojatxonaga kirish duosi) sunnatni ta’kidlagan bo‘lsalar-da, tavofda tahorat shartligi haqida qat’iy ogohlantirmaganlar.

Demak, bu dalilga asoslanib, tavof uchun tahorat shart emas degan fikr afzalroq bo‘ladi.

Ammo ixtilofdan chiqish va ehtiyotkorlik uchun imkoniyat bo‘lsa — tahorat bilan boshlash afzal. Agar tavof davomida tahorati buzilsa, bu holat uzrli hol sanalib, tavofni tugatish joiz bo‘ladi.


Xulosa:
Tahorati tez buziladigan kishi tahorat olib tavofni boshlab, tahorati buzilsa ham tavofni davom ettirishi mumkin.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

2

  • Yangi namoz boshlagan onamga vitrni o‘rgatmay tursam bo‘ladimi?

    November 28, 2025
  • Namozda kulsa tahorat sinadimi?

    October 31, 2025
  • 3 yoki 4 rakaatli jamoat namozining oxirgi rakaatiga ulgurgan kishi namozni qanday tamomlaydi?

    October 29, 2025
  • Ikki sajda orasida “raf’ul yadayn” qilish sunnatmi?

    October 27, 2025
  • Namozda Fotiha surasini imomdan avval tugatish hukmi.

    October 4, 2025
  • Sajdada oyoq barmoqlari yerdan uzilsa namoz buziladimi?

    October 1, 2025