Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Suv bo‘lsa, uni ataylab to‘kib yuborib tayammum qilsa bo‘ladimi?

Suv bo‘lsa, uni ataylab to‘kib yuborib tayammum qilsa bo‘ladimi?

Nashr sanasi: July 1, 2025

Savol :

Shofi’iy mazhabiga ko‘ra, bir kishi tayammum qilishni istasa, lekin tahorat olish uchun idishda suv mavjud bo‘lsa, shu suvni ataylab to‘kib yuborib, so‘ng tayammum qilishi joiz bo‘ladimi?

Sababi — tayammum qilish joiz bo‘lishi uchun suv yo‘q bo‘lishi kerak. Ammo bu holatda u kishi suvni o‘zi yo‘q qilgan bo‘ladi. Shuning uchun: “Suv yo‘q, endi tayammum qilsam bo‘ladi”, desa, bu to‘g‘rimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Yo‘q, hech qaysi mazhabda bunday qilish joiz emas. Bu gunoh bo‘ladi. Tayammum faqat suv haqiqatan yo‘q bo‘lsa yoki ishlatish imkoni bo‘lmasa joiz.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu masalani chuqurroq tushunish kerak — nima sababdan bu gap aytilgan? Bu holat faqat Shofi’iy mazhabiga emas, Hanafiy mazhabida ham tilga olingan.

Masalan, Hanafiy mazhabda eshak ichgan suv haqida gap boradi. Bunday suv — “shakkli suv” deyiladi, ya’ni pok emasligiga shubha bor. Endi bu suv bilan tahorat qilinsa, “tahorat qildim” deyish aniq emas, chunki bu suvning pokligi shubhali. Ammo tayammum qilinsa, bu holda “suv bor-ku?” deb aytiladi. Ikki tarafda ham muammo yuzaga chiqadi.

Shu sababli ba’zi hanafiy ulamolar aytadiki: bunday shubhali suvni butunlay to‘kib yuboradi — shunda hech bo‘lmaganda xotirjam bo‘ladi va tayammum qiladi. Bu hukm shunga o‘xshash maxsus holatlarga tegishli.

Ammo oddiy holatda tayyor, toza suv turgan bo‘lsa, uni ataylab to‘kib yuborib, keyin tayammum qilish — butun fuqaholar ittifoqi bilan joiz emas. Bunday kishi gunohkor bo‘ladi.

Aytib o‘tilgan ruxsatlar — faqatgina g‘uslga yetmaydigan suv, yoki foydalanib bo‘lmaydigan holatlarda (masalan, eshak ichgan suv kabi) kelgan.

Agar suv tahorat yoki g‘usl uchun yetarli bo‘lsa, uni ataylab to‘kib yuborib tayammum qilish mutlaqo joiz emas.

Xulosa:
Faqihlar bu gapni aynan istisno holatlar — shubhali yoki yetarli bo‘lmagan suv haqida aytishgan. Oddiy holatda suvni to‘kib yuborib tayammum qilish — yolg‘on bahona va gunohli ish hisoblanadi.
Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Hayvonlarni hayvonot bog‘ida saqlash ularga zulm emasmi? Bu gunoh emasmi?

    October 10, 2025
  • Hayz tugagan kunning ertasiga yana qizil aralash oqlik kelsa, namozlar nima bo‘ladi?

    October 4, 2025
  • Yubiley va tug‘ilgan kunlar o‘tkaziladigan oshxonada halol taom bo‘lsa, u yerda ovqatlanish yoki taom xarid qilish joizmi?

    October 4, 2025
  • Klinikada ishlayman. Ba’zan bemorga yordam bo‘lsin deb, ikkita tishni davolab, kassada bitta deb yozaman. Bu ishim joizmi?

    October 3, 2025
  • Bir odam vafot etib, mulklar qoldirdi. Katta o‘g‘il: “Otam bilan birga ishlaganim uchun bu uy va mashina meniki bo‘ladi, qolgan merosni taqsimlang”, deb turibdi. Shu holatda bu narsalar to‘g‘ridan meros bo‘lib hisoblanadimi yoki u da’vo qilayotgan mulklar haqiqatan unga tegishli bo‘lishi mumkinmi?

    October 2, 2025
  • Bir tanishim: “Yillar davomida Allohdan so‘rayman, lekin yomon odatlarimdan chiqa olmayapman. Demak, taqdirimda shunday yozilgan”, deydi. Bu to‘g‘rimi?

    October 2, 2025