Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Shifokor adashib boshqa tishni olib tashlasa, bu holatda nima qilish kerak?

Shifokor adashib boshqa tishni olib tashlasa, bu holatda nima qilish kerak?

Nashr sanasi: April 11, 2025

Savol :

Tishim og‘rib, tanish tish shifokoriga bordim. U shifokor adashib, kasal tishimni emas, sog‘lom tishimni olib qo‘ydi. Qilgan xatosi uchun menga tovon to‘lash kerakmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar sog‘lom tish noto‘g‘ri olib tashlangani aniq va bu e’tiborsizlik tufayli yuz bergani tasdiqlansa, shifokor diyani — besh tuyaga teng tovonni to‘lashi shariatga ko‘ra lozim bo‘ladi. Aks holda, kasbiy xatolik sifatida baholansa, u kechiriladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu savolni eshitib, rahmatli buvamizning bir hikoyasi yodimga tushdi. U kishi aytib berardilar: bir kishi doim oyoq kiyimini tanishida tikdirarkan, lekin u har safar tezda yirtilib ketaverarkan. “Nega bu tikkaning mustahkam chiqmaydi, boshqalarnikiga o‘xshab yirtilmaydi?” deb so‘rasa, tikuvchi javoban: “Seniki do‘stim, pulsiz bo’lyapti, pulsiz bo’lgani uchun mumsiz bo’lyapti” degan ekan.

Shunga o‘xshash, ba’zida tanish shifokorga murojaat qilganimizda ham u e’tiborsizlik qilishi mumkin. Bu esa sog‘liq kabi muhim masalada juda og‘ir oqibatlarga olib keladi.

Shariatda bitta tishning diyasi — besh tuya deb belgilangan. Ya’ni sog‘lom tish noto‘g‘ri olib tashlangan bo‘lsa, bu holatda, agar shifokor uzrsiz, yaqqol xatolik yoki e’tiborsizlik tufayli xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, u moliyaviy javobgarlikka tortiladi va tovon to‘lashi kerak bo‘ladi.

Ammo agar bu holat umumiy tibbiy me’yorlar doirasida, ya’ni odatiy kasbiy xato bo‘lsa — mutaxassislar bunday xatolikni har bir tish shifokori hayotida bo‘lishi mumkin bo‘lgan holat sifatida baholasa, unda shifokor javobgar bo‘lmasligi mumkin. Chunki har bir ehtiyotsizlik, ijtihodiy yoki kasbiy xatolar uchun jazoga tortilsa, bu sohalarda ishlovchi hech kim qolmaydi.

Xuddi qozilar yoki muftiylarning ijtihodiy xatolari kabi, bu xatolik ham “tushunarli xato” sifatida baholansa, shifokor afv etiladi. Ammo agar mutaxassislar buni e’tiborsizlik natijasi deb baholasa, albatta tovon to‘lashi kerak bo‘ladi.

Xulosa:
Agar sog‘lom tish noto‘g‘ri olib tashlangani aniq va bu e’tiborsizlik tufayli yuz bergani tasdiqlansa, shifokor diyani — besh tuyaga teng tovonni to‘lashi shariatga ko‘ra lozim bo‘ladi. Aks holda, kasbiy xatolik sifatida baholansa, u kechiriladi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Talabaga Koreya vizasi uchun bankda 16 000$ mablag‘ni 1–3 oy vaqtinchalik qo‘yib berish evaziga 1000–1500$ olish — ribo bo‘lib qolmaydimi?

    November 8, 2025
  • Hayvonlarni hayvonot bog‘ida saqlash ularga zulm emasmi? Bu gunoh emasmi?

    October 10, 2025
  • Hayz tugagan kunning ertasiga yana qizil aralash oqlik kelsa, namozlar nima bo‘ladi?

    October 4, 2025
  • Yubiley va tug‘ilgan kunlar o‘tkaziladigan oshxonada halol taom bo‘lsa, u yerda ovqatlanish yoki taom xarid qilish joizmi?

    October 4, 2025
  • Klinikada ishlayman. Ba’zan bemorga yordam bo‘lsin deb, ikkita tishni davolab, kassada bitta deb yozaman. Bu ishim joizmi?

    October 3, 2025
  • Bir odam vafot etib, mulklar qoldirdi. Katta o‘g‘il: “Otam bilan birga ishlaganim uchun bu uy va mashina meniki bo‘ladi, qolgan merosni taqsimlang”, deb turibdi. Shu holatda bu narsalar to‘g‘ridan meros bo‘lib hisoblanadimi yoki u da’vo qilayotgan mulklar haqiqatan unga tegishli bo‘lishi mumkinmi?

    October 2, 2025