Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Sanoning bir necha shaklini bir vaqtning o’zida aytmoq

Sanoning bir necha shaklini bir vaqtning o’zida aytmoq

Nashr sanasi: December 31, 2024

Savol :

Bir vaqtning o’zida sano turlarining bir nechtasini aytmoq joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam faqat bittadan iborat zikrni aytganlar. Shuning uchun ayrim ulamolar sanolar turlarini bir namozda jamlashni afzal deb bilmaganlar.

Bismillah,

Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Masalan, avval sanoning “Subhānaka Allahumma va bihamdi-ka” turini aytib, orqasidan “Allāhummā ba’id baynī wa bayna khatāyā“ni aytsa, uning ortidan “Wajjahtū wajhīya lillāzī fataras-samāwāti wal-ard ḥanīfan”ni aytsa bo’ladimi?

Bu masalada xilof bor.

Nawawiy rahimahullāh o’zining “al-Azkor” kitobida shunday deydi:

“Yolg’iz namoz o’quvchi kishi sanoning barcha turlarini jamlab aytishi mustahabb hisoblanadi. Iqtido qiluvchilar rozi bo’lsa, imom uchun ham mustahabdir. Ammo ergashuvchilar izn bermasa, imom namozni cho’zmasdan, sanoning bittasini aytish bilan kifoyalanadi.”

Lekin ba’zi ulamolar bittadan ortiq sano bir namozda jamlanganiga hadislarda aytilmaganligi sababli, bu ishni nojoiz deb bilganlar.

Imom Buxoriy va imom Muslim rahimahumallāh rivoyat qilgan hadishda Abu Hurayra raziyallohu anhu:

“Yo Rasulalloh, takbir bilan qiroat o’rtasida nima deb aytasiz?” deb so’ragan. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam quyidagi javobni berganlar:

“Allohummā ba’id baynī va bayna khatāyā kamā ba’ada bayna al-mashriqi wal-maghrib. Allohummā naqqīnī minal-khatāyā kamā yunāqqos-savu’bal-abyaḍu minan-danās. Allohummā i’ghsil khatāyāyā bil-mā’i wal-salji wal-bard,” deyman.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam faqat bittadan iborat zikrni aytganlar. Shuning uchun ayrim ulamolar sanolar turlarini bir namozda jamlashni afzal deb bilmaganlar.

Vallohu A’lam

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Namozda Fotiha surasini imomdan avval tugatish hukmi.

    October 4, 2025
  • Sajdada oyoq barmoqlari yerdan uzilsa namoz buziladimi?

    October 1, 2025
  • Imom namoz yarmida tahorati yo‘qligini eslasa, nima qiladi?

    September 14, 2025
  • Bir kishi bir namozda ikki jamoatga imom bo‘lishi.

    September 13, 2025
  • Ayollar namozxonasi masjiddan ajralgan bo‘lsa, imomga iqtido qilsa bo‘ladimi?

    September 11, 2025
  • Imom bilan muqtadiylar orasida qancha masofa bo‘lishi kerak?

    September 7, 2025