Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Rossiyaga borib namozni tashlab qo‘yadiganlar haqida.

Rossiyaga borib namozni tashlab qo‘yadiganlar haqida.

Nashr sanasi: August 18, 2025

Savol :

Ustoz, ko‘p birodarlar Rossiyaga ishlash uchun kelib, bu yerda namozni tark etishadi. Ish bo‘lmasa juma namoziga boradi, ammo ish yaxshi bo‘lsa, jumaga ham bormaydi. Ularga qanday nasihat qilsak bo‘ladi? Biz bu birodarlarga qanday munosabatda bo‘laylik?

Ularning bu ishini Alloh uchun yomon ko‘ramiz, lekin insonchilik jihatidan ularni ko‘rganda yaxshi muomala qilamiz.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Rossiyaga borilganda yoki boshqa davlatlarga chiqilganda ham aslida insonning asl holati namoyon bo‘ladi. Demak, bu nafaqat Rossiyada, balki Turkiyada, Dubayda, Amerikada ham shunday. Qayerda odamga gunoh qilish imkoniyati bo‘lsa, o‘sha yerda asl siyrati ko‘rinadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Rossiyaga borilganda yoki boshqa davlatlarga chiqilganda ham aslida insonning asl holati namoyon bo‘ladi. Alloh taolo Qur’onda odamlarning tabiatini bayon qiladi: “Qachon ularga to‘lqin bosib, halokat xavfi tug‘ilsa, Allohdan duo qilib, xolis bo‘lishga va’da berishadi. Quruqlikka chiqqach esa, Allohni unutib, zulm qilaveradilar.”

Demak, bu nafaqat Rossiyada, balki Turkiyada, Dubayda, Amerikada ham shunday. Qayerda odamga gunoh qilish imkoniyati bo‘lsa, o‘sha yerda asl siyrati ko‘rinadi. Farovonlik ham imtihon, kambag‘allik ham imtihon. Alloh ba’zan qiyinchilik bilan sinaydi, ba’zan esa boylik va kengchilik bilan sinaydi.

Bir paytlar non topolmay yurgan odam bugun millionlab pul topishi mumkin. Ammo shu boylik uning uchun qutqaruv emas, balki sinov bo‘lishi mumkin. Agar Alloh bir kasallik yuborsa yoki bir sinov bersa, o‘sha topgan boyliklari foyda bermaydi. Shuning uchun inson Alloh bergan ne’matlar aslida imtihon ekanini unutmasligi kerak.

Rossiyada yoki boshqa yirik shaharlarda gunoh qilish imkoniyatlari ko‘p. Shu sababli ko‘plab birodarlar buzilib ketishi mumkin. Lekin Alloh rahm qilgan odamlar bundan mustasno. Shuningdek, ba’zi birodarlar yomonlashmay, aksincha, yaxshilanib, toatga qaytadi. Chunki u yerda yaxshi musulmonlarni ko‘rib, ta’sirlanadi. Shunday holatlar ham ko‘p.

Biz birodarlarimizni yomon ko‘rmaymiz, balki ularning ishini yomon ko‘ramiz. Ularga yaxshilik bilan nasihat qilishimiz, yaxshi muomala ko‘rsatishimiz, lekin din masalasida qat’iy turishimiz kerak.

Shuning uchun ularga namozni tark etishning naqadar xavfli ekanini eslatib turamiz. Ammo inson sifatida hurmat, salomlashish, yaxshi munosabatda bo‘lishdan chekinmaymiz. Chunki ular ham musulmon birodarlarimiz. Balki bizning yaxshi muomalamiz va nasihatimiz orqali ular qaytib, namozga doimiy rioya qiladigan bo‘lishar.

Alloh hammamizga to‘g‘ri yo‘lda sobitlik bersin. Āmīn.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Imomdan avval takbir aytib boshlangan namoz durustmi?

    September 2, 2025
  • Masjidning ichida joy bo‘la turib, tashqarida namoz o‘qish joizmi?

    August 30, 2025
  • Farz namozni buzib, jamoatga qo‘shilish haqida.

    August 27, 2025
  • Namozda yig‘i kelsa, namoz buziladimi?

    August 27, 2025
  • Musofirlikda namozlarni o’qish tartibi

    August 25, 2025
  • Oilam bilan namoz o‘qishni xohlayman, lekin tajvidim yaxshi emas…

    August 12, 2025