Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Qishda oyoq kiyim bilan namoz o’qish.

Qishda oyoq kiyim bilan namoz o’qish.

Nashr sanasi: May 10, 2025

Savol :

Qorli qish kunlarida ko‘chada oyoq kiyimni yechmay namoz o‘qish joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Rasululloh ﷺ va sahobalar ham ehtiyoj tug‘ilganda oyoq kiyim bilan namoz o‘qiganlar. Demak, biz ham u zotga ergashib, shunga o‘xshash holatlarda oyoq kiyim bilan namoz o‘qish sunnatini jonlantirishimiz kerak. Har bir holatning o‘z fiqhiy bahosi bor.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ehtiyoj bo‘lgan paytda oyoq kiyim bilan namoz o‘qish joizgina emas, balki sunnat ham bo‘ladi. Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Rasululloh ﷺ oyoq kiyim bilan namoz o‘qiganlari keltirilgan va u bu mavzuga alohida bob ajratgan: “Namozni oyoq kiyim bilan o‘qish” bobida.

Agar odam ehtiyoj bo‘lgan holatda — qorli, yomg‘irli yoki toshli joyda, safarda bo‘lsa — oyoq kiyimini yechmay namoz o‘qishi sunnatga muvofiq bo‘ladi. Aksincha, bunday ehtiyoj vujudga kelgan paytda oyoq kiyimini yechsa, sunnatga xilof ish qilgan bo‘ladi.

Rasululloh ﷺ va sahobalar ham ehtiyoj tug‘ilganda oyoq kiyim bilan namoz o‘qiganlar. Demak, biz ham u zotga ergashib, shunga o‘xshash holatlarda oyoq kiyim bilan namoz o‘qish sunnatini jonlantirishimiz kerak. Har bir holatning o‘z fiqhiy bahosi bor.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Yangi namoz boshlagan onamga vitrni o‘rgatmay tursam bo‘ladimi?

    November 28, 2025
  • Namozda kulsa tahorat sinadimi?

    October 31, 2025
  • 3 yoki 4 rakaatli jamoat namozining oxirgi rakaatiga ulgurgan kishi namozni qanday tamomlaydi?

    October 29, 2025
  • Ikki sajda orasida “raf’ul yadayn” qilish sunnatmi?

    October 27, 2025
  • Namozda Fotiha surasini imomdan avval tugatish hukmi.

    October 4, 2025
  • Sajdada oyoq barmoqlari yerdan uzilsa namoz buziladimi?

    October 1, 2025