Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Peshinning sunnatini 2 rakaatdan o‘qish kerakmi?

Peshinning sunnatini 2 rakaatdan o‘qish kerakmi?

Nashr sanasi: January 28, 2026

Savol :

Bir yaqin birodarim peshin namozining to‘rt rakat sunnatini shunday o‘qiydi: ikkinchi rakatda attahiyyotdan keyin salovot aytib, duo qiladi, so‘ng ikki tomonga salom berib, uchinchi rakatga turadi.

Uning aytishicha, ikki rakatdan ko‘p bo‘lgan farz namozlaridan tashqari, deyarli barcha namozlarda — ya’ni sunnat, vitr va nafl namozlarda — shunday qilish mumkin emish. Shu to‘g‘rimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu yerda masala — sunnatni to‘liq tushunmaslik bilan bog‘liq. Chunki sunnat namozlar ikki xil shaklda kelgan: Ikki rakat o‘qib, salom berish, so‘ng yana ikki rakat o‘qish. To‘rt rakatni bir o‘tirishda, bitta salom bilan o‘qish.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu yerda masala — sunnatni to‘liq tushunmaslik bilan bog‘liq. Chunki sunnat namozlar ikki xil shaklda kelgan:

  1. Ikki rakat o‘qib, salom berish, so‘ng yana ikki rakat o‘qish.

  2. To‘rt rakatni bir o‘tirishda, bitta salom bilan o‘qish.

Ikkala shakl ham sunnatda kelgan.

Hadisda:

«صلاةُ الليلِ مثنى مثنى»

“Tungi namoz ikki rakat, ikki rakatdir” degan rivoyat bor.
Ba’zi rivoyatlarda bunga kunduzgi namozlar ham qo‘shib zikr qilingan, ammo bu qo‘shimcha haqida ulamolarning ixtilofi bor, ba’zilari uni zaif degan.

Shu bilan birga, Rasululloh ﷺ ba’zi paytlarda kechasi ham ikki rakatdan ko‘proqni bitta salom bilan o‘qiganlari rivoyat qilingan.

Kunduzgi sunnat namozlarga kelsak — masalan:

  • peshindan oldingi to‘rt rakat sunnat,

  • juma namozidan keyingi to‘rt rakat,

bular haqida ham ikki xil amal sobit bo‘lgan:

  • to‘rt rakatni bitta salom bilan o‘qish,

  • yoki ikki rakatdan salom berib, yana ikki rakat o‘qish.

Bizning diyorimizda to‘rt rakatni bitta salom bilan o‘qish keng tarqalgan va bunga amal qilinadi. Bu mutlaqo muammo emas, chunki bu ham sunnat.

Shuningdek, ikki rakatdan salom berib, yana ikki rakat o‘qish ham to‘g‘ri. Bu ikki amal bir-birini inkor qilmaydi, ikkalasi ham sunnatda sobit bo‘lgan.

Shu sababli, bu masalada bir-birini noto‘g‘ri qilish yoki ayblash o‘rinsiz.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Qiz bola necha yoshdan namoz boshlaydi?

    February 7, 2026
  • O‘limdan avval kasallik sababli 3-4 kun o‘qilmay qolgan namozlar hukmi.

    February 3, 2026
  • Namozda farzdan keyin salom berdimmi-yo‘qmi deb ikkilansa, nima qiladi?

    January 31, 2026
  • Masjidga chiqayotgan kishilarning soqolini olishga majburlashyapti…

    January 26, 2026
  • Narkoz sababli o‘rnidan turolmay qolgan va xotirasini yo‘qotgan kishi qanday namoz o‘qiydi?

    January 24, 2026
  • Qo‘shni qishloqda ishlaydigan odam peshin va asrni qasr qilib va jamlab o‘qishi.

    January 19, 2026