Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Peshin namozini ikki marta o‘qish mumkinmi?

Peshin namozini ikki marta o‘qish mumkinmi?

Nashr sanasi: May 19, 2025

Savol :

Ustoz, men darsim borligi sababli peshin namozini vaqti kirishi bilan yakka holda o‘qib olgan edim. Keyin esa darsim bekor bo‘lib, jamoat bilan o‘qishga imkonim paydo bo‘ldi. Shunday holatda peshin namozini jamoat bilan qayta o‘qisam bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ha, bo‘ladi. Bunda albatta savob ham bo‘ladi. Ammo esda tuting, birinchi o‘qigan namozingiz farz bo‘lgan bo‘lib, ikkinchi marta o‘qiganingiz nafl hisoblanadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ha, bo‘ladi. Bunda albatta savob ham bo‘ladi. Ammo esda tuting, birinchi o‘qigan namozingiz farz bo‘lgan bo‘lib, ikkinchi marta o‘qiganingiz nafl hisoblanadi.

Chunki farz namoz ikki marta o‘qilmaydi — u bir marta ado etiladi. Siz birinchi marta ado etganingiz bilan farzni bajargansiz. Keyingi o‘qiganingiz esa faqat nafl niyatida bo‘lishi kerak. Jamoatga qo‘shilib, mustahab niyatida o‘qisangiz, bu yaxshi va foydali amal bo‘ladi.

Lekin farz niyatida o‘qimaysiz. Chunki farz allaqachon ado etilgan. Ikkinchisi mustahab nafl bo‘ladi.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Qiz bola necha yoshdan namoz boshlaydi?

    February 7, 2026
  • O‘limdan avval kasallik sababli 3-4 kun o‘qilmay qolgan namozlar hukmi.

    February 3, 2026
  • Namozda farzdan keyin salom berdimmi-yo‘qmi deb ikkilansa, nima qiladi?

    January 31, 2026
  • Peshinning sunnatini 2 rakaatdan o‘qish kerakmi?

    January 28, 2026
  • Masjidga chiqayotgan kishilarning soqolini olishga majburlashyapti…

    January 26, 2026
  • Narkoz sababli o‘rnidan turolmay qolgan va xotirasini yo‘qotgan kishi qanday namoz o‘qiydi?

    January 24, 2026