Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Oshnam bilan pechkani birga sotamiz deb kelishgan edik. U xaridor topaman dedi. Men boshqa xaridorni rad qildim. Keyinroq o‘sha oshnam yuborgan mijoz pechkani oldi. Endi oshnam puldan ulush so‘rayapti. Haqliymi?

Oshnam bilan pechkani birga sotamiz deb kelishgan edik. U xaridor topaman dedi. Men boshqa xaridorni rad qildim. Keyinroq o‘sha oshnam yuborgan mijoz pechkani oldi. Endi oshnam puldan ulush so‘rayapti. Haqliymi?

Nashr sanasi: October 2, 2025

Savol :

Ustoz, bir oshnam bilan kelishmovchiligimiz bor edi. Bir kuni tanishim pechka borligini va uni sotishini aytdi. Men uni nasiyaga oldim. Oshnamga pechka olganimni va uni sotishimni aytdim. U: «Xaridor bor, sotsak sherikmanmi?» dedi. Men rozi bo‘ldim. Menga pul zaril edi.

Oshnam xaridor topguncha menga boshqa xaridor kelib, men aytgan mablag‘ni berishini aytdi. Men: «Javobini ertaga aytaman», dedim. Oshnamga qo‘ng‘iroq qiluvdim, u: «Unga sotma, mening xaridorim kechga boradi», dedi. Men unga ishonib, xaridorni rad qildim.

Oshnam aytgan xaridor keldi va pechkani ko‘rib, narxi ma’qul kelmagani uchun olmadi. Men oshnamga qo‘ng‘iroq qilib: «Xaridoring olmadi, endi nima bo‘ladi?» dedim. U: «Bilmadim, sotilib qolar», dedi. Pechkaning egasi pul so‘rashni boshladi.

Oradan bir hafta o‘tib, oshnam topgan xaridor kelib, pechkani oldi. Oshnam bundan bexabar edi, unga o‘zim aytdim. Oshnam keldi va kelishilgan pulni so‘radi. Unga pulning choragini berdim, u esa olmadi. Men unga ishonib, xaridorimni rad qilganimni aytdim.

U qiyomatda olishini aytdi va ketdi. Oradan ancha vaqt o‘tib, nohaq bo‘lib qolmay deb, kelishilgan pulni oshnamga obordim. U yana olmadi, «Qiyomatda olaman», dedi.

Maslahat bering, nima qilay?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qisqacha Javob: Ha, haqli. Avvaldan sheriklikka rozilik bergansiz va oxirida aynan u topgan mijoz tovarni olgan. Uni rad etib bo‘lmaydi. Haqqini berish lozim.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin. Bu yerda siz albatta o‘sha oshnangizni rozi qilishingiz kerak. O‘sha haqqini olib borib bering, uzr so‘rab, haqqini olib borib bering. Chunki u haqli. Bir hafta kechikkan bilan, baribir o‘sha kelishuvlaringiz bor ekan, o‘sha sotilgan narsa — klient, o‘sha oshnangiz yuborgan odam, bir hafta keyin bo‘lsa ham o‘sha olibdi baribir.

Demak, o‘sha aytilgan narsa bo‘ldi — klient topdi, o‘shani odam oldi. Siz unga aytilgan narsani shartnoma bo‘yicha berishingizga majbursiz. Agar bermasangiz, uning haqqi olib ketadi, qiyomatga qoladi. Chunki bugun olmasa, ertaga oladi.

Yo‘lini qilib, “men noto‘g‘ri tushunibman ekan” deb uzr so‘rang-da. Pulni olib borib bering.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Hayvonlarni hayvonot bog‘ida saqlash ularga zulm emasmi? Bu gunoh emasmi?

    October 10, 2025
  • Hayz tugagan kunning ertasiga yana qizil aralash oqlik kelsa, namozlar nima bo‘ladi?

    October 4, 2025
  • Yubiley va tug‘ilgan kunlar o‘tkaziladigan oshxonada halol taom bo‘lsa, u yerda ovqatlanish yoki taom xarid qilish joizmi?

    October 4, 2025
  • Klinikada ishlayman. Ba’zan bemorga yordam bo‘lsin deb, ikkita tishni davolab, kassada bitta deb yozaman. Bu ishim joizmi?

    October 3, 2025
  • Bir odam vafot etib, mulklar qoldirdi. Katta o‘g‘il: “Otam bilan birga ishlaganim uchun bu uy va mashina meniki bo‘ladi, qolgan merosni taqsimlang”, deb turibdi. Shu holatda bu narsalar to‘g‘ridan meros bo‘lib hisoblanadimi yoki u da’vo qilayotgan mulklar haqiqatan unga tegishli bo‘lishi mumkinmi?

    October 2, 2025
  • Bir tanishim: “Yillar davomida Allohdan so‘rayman, lekin yomon odatlarimdan chiqa olmayapman. Demak, taqdirimda shunday yozilgan”, deydi. Bu to‘g‘rimi?

    October 2, 2025