Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Oilam bilan namoz o‘qishni xohlayman, lekin tajvidim yaxshi emas…

Oilam bilan namoz o‘qishni xohlayman, lekin tajvidim yaxshi emas…

Nashr sanasi: August 12, 2025

Savol :

Ayolim namozxon. O‘n yoshli qizim ham namoz o‘qishni o‘rgandi. Ayolim va qizim arab harflarini yaxshi talaffuz qilishadi, ammo men harflarni yaxshi chiqara olmayapman. Namozni oilaviy jamoat bo‘lib o‘qiymiz desam, men imomlikka o‘tsam, harflarni joyidan chiqara olmayman.
Shunda biz alohida-alohida namoz o‘qiganimiz afzalmi yoki jamoat bo‘libmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Avvalo “Fotiha” surasini to‘g‘ri o‘qishni o‘rganishingiz shart. Bu — nafaqat o‘zingizning namozingiz, balki imomlik qilishingiz uchun ham zarur. Agar “Fotiha”ni to‘g‘ri o‘qisangiz, jamoat bilan o‘qish afzal bo‘ladi va savob ko‘payadi. Imkon bo‘la turib o‘rganmaslik noto‘g‘ri, chunki namoz “Fotiha”siz to‘g‘ri bo‘lmaydi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu savolingizning o‘zi noto‘g‘ri. Siz avvalo “Fotiha” surasini hech bo‘lmasa to‘g‘ri o‘qiydigan bo‘lishingiz kerak. Ya’ni savol berib vaqtni o‘tkazishdan ko‘ra, “Fotiha” surasining harflarini joyidan chiqara olishni o‘rganishingiz zarur. Bu — nafaqat o‘zingizning namozingizning to‘g‘ri bo‘lishi, balki imomlik qilishingiz uchun ham shart.

Agar “Fotiha”ni to‘g‘ri o‘qisangiz, albatta, jamoat bo‘lib o‘qish afzal. Ayollaringiz ham, qizingiz ham sizga iqtido qilib, jamoat savobini oladi. Lekin sizning “harfni chiqara olmayman” deb yurishingiz to‘g‘ri emas. Eng muhimi — harfni to‘g‘ri o‘qishni o‘rganish. Imkoniyati bo‘la turib, o‘rganmaslik — noto‘g‘ri.

Agar bir kishi yangi musulmon bo‘lsa yoki bilmagan bo‘lsa, unday odamga vaqt beriladi. Ammo ayrimlar yigirma yil musulmon bo‘lib yurgan bo‘lsa-da, hanuz “Fotiha”ni to‘g‘ri o‘qimaydi. O‘rganishga harakat qilmaydi, lekin dunyoviy ishlarda kerak bo‘lsa, xitoy tilini ham, koreys tilini ham, kompyuterni ham o‘rganadi. Ammo “Fotiha” surasini to‘g‘ri o‘qishga vaqt ajratmaydi. Bu — noto‘g‘ri ish.

Namoz “Fotiha”siz to‘g‘ri bo‘lmaydi. Shuning uchun hech bo‘lmasa “Fotiha”ni to‘g‘ri o‘qishni o‘rganing. Bu — har bir musulmon uchun farzi ayn bo‘lgan amal. Hozir ustoz topish ham oson: masjidda ham, internet orqali ham topishingiz mumkin.

Shuning uchun birinchi navbatda Qur’on tilovatini, harflarni to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rganing. Shunda namozingiz ham, imomligingiz ham to‘g‘ri bo‘ladi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Imomdan avval takbir aytib boshlangan namoz durustmi?

    September 2, 2025
  • Masjidning ichida joy bo‘la turib, tashqarida namoz o‘qish joizmi?

    August 30, 2025
  • Farz namozni buzib, jamoatga qo‘shilish haqida.

    August 27, 2025
  • Namozda yig‘i kelsa, namoz buziladimi?

    August 27, 2025
  • Musofirlikda namozlarni o’qish tartibi

    August 25, 2025
  • Rossiyaga borib namozni tashlab qo‘yadiganlar haqida.

    August 18, 2025