Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nasiya savdoda kechikkan to‘lov uchun jarima: halolmi yoki yashirin ribomi?

Nasiya savdoda kechikkan to‘lov uchun jarima: halolmi yoki yashirin ribomi?

Nashr sanasi: June 18, 2025

Savol :

Ba’zilar “halol” deb hisoblaydigan nasiya savdosi bilan shug‘ullanuvchilar, riboning asosiy sharti sifatida penyani harom deb bilishadi. Biroq ular kechiktirilgan to‘lovlar uchun jarima qo‘llab, buni joiz deb fatvo berganlarga tayanishmoqda. Ularning aytishicha, jarima faqat to‘lov muddati juda cho‘zilib ketgan, bir necha ogohlantirishdan keyin ham mijoz ataylab to‘lovni kechiktirayotgan bo‘lsa qo‘llaniladi. Bu jarima ham juda oz miqdorda bo‘lib, to‘lovchini hushyor bo‘lishga undash uchun qo‘llanar ekan. Tushgan jarima puli esa ajratilib, sadaqa sifatida yetim-yesirlarga berilar emish. Shu da’volar asoslimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Shariat bo‘yicha, to‘lovni kechiktirgani uchun jarima talab qilish harom bo‘lgan ribo hisoblanadi. Haqqini undirish niyati bo‘lsa ham, bunga halol va shariatga muvofiq yo‘l bilan erishish lozim. Alloh yaxshiroq biluvchidir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Yo‘q, bu da’volarni asosli deb bo‘lmaydi. Albatta, bu ishni qilayotganlar o‘zlarini haqqini himoya qilmoqchi bo‘lishi mumkin — bu bir tomoni. Ammo bu yo‘l bilan, ya’ni kechikkan to‘lov uchun qo‘shimcha pul talab qilish orqali aslida riboga eshik ochilmoqda.

Ribo nima edi? Qarzni yoki to‘lovni vaqtida bermaganlik uchun orttirib qaytarish. Xoh unga “jarima” deng, xoh “intizom uchun vosita” deng — mohiyatan bu riboning o‘zi bo‘lib qoladi. Atamasini o‘zgartirish bilan mohiyat o‘zgarmaydi.

Shuning uchun halol savdo bilan shug‘ullanayotgan odam, o‘z haqqini ribosiz yo‘l bilan himoya qilishi lozim. Buning shariatda yo‘llari bor:
– Molning o‘zini garovga qo‘yish
– Ishonchli kafil talab qilish
– Shartnoma orqali kafolatni mustahkamlash

Masalan, telefon sotayotgan bo‘lsa, to‘liq to‘lov bo‘lmaguncha uning parollarini ochmaslik yoki avtomobilni nomiga o‘tkazmaslik mumkin. Uy bo‘lsa, hujjatni topshirmaslik mumkin. Lekin agar berilgan narsa (masalan, qo‘y, oziq-ovqat) iste’mol qilinadigan bo‘lsa, uni garovda ushlab bo‘lmaydi. Unda ishonch asosida beriladi, ishonmasangiz bermang.

Demak, shariat ruxsat bergan himoya choralari bor, lekin riboni o‘xshatib bo‘lsa-da, oqlab bo‘lmaydi. Nasiyada kechikkanlik uchun jarima qo‘yish – bu aynan ribo bo‘lib, joiz emas.

Xulosa:
Shariat bo‘yicha, to‘lovni kechiktirgani uchun jarima talab qilish harom bo‘lgan ribo hisoblanadi. Haqqini undirish niyati bo‘lsa ham, bunga halol va shariatga muvofiq yo‘l bilan erishish lozim. Alloh yaxshiroq biluvchidir.
Vallohu A’lam

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Imomdan avval takbir aytib boshlangan namoz durustmi?

    September 2, 2025
  • Zinodan homilasi bor ayolga uylansam bo‘ladimi?

    September 2, 2025
  • Hovli merosxo‘rlar orasida qanday taqsimlanadi?

    September 2, 2025
  • “Sigaret cheksam, xotinim taloq” degan kishining savoli.

    September 2, 2025
  • Ovsinlar bir-birining bolasini emizsa, hamma bolalari bir-biriga mahram bo‘lib qoladimi?

    September 2, 2025
  • Er taloq bermasa, ayol nima qilishi kerak?

    August 31, 2025