Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Namozni qanday hushu bilan o’qisa bo’ladi?

Namozni qanday hushu bilan o’qisa bo’ladi?

Nashr sanasi: May 14, 2025

Savol :

Ustoz, men necha yillardan beri namozda xayolimni jamlay olmayman. Namoz paytida har xil xayollar kelaveradi. Bundan qanday qutulsam bo‘ladi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Shaytonning yomonligidan Allohdan panoh so‘rang. Allohning go‘zal ismlari va sifatlarini tadabbur qiling. Namozda nima o‘qiyotganingizga diqqat bilan e’tibor bering.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bunday holatdan qutulish uchun avvalo shaytonni yomonligidan panoh tilang — har namozdan oldin va namoz paytida ichingizda:

“A‘ūdhu billāhi min ash-shayṭānir-rajīm”
— deb ayting. Bu holat ko‘pchilikda bo‘ladi va bu shaytonning vasvasasidir.

Ikkinchidan, namozda kimning huzurida turganingizni chuqur o‘ylang — bu namoz oddiy mashq emas, bu Robbingiz bilan muloqotdir. Alloh taolo sizni ko‘rib turibdi, siz Uni ko‘rayotgandek ibodat qilishingiz kerak.

Alloh taoloning go‘zal ismlari, sifatlari va buyuk qudrati haqida ko‘proq o‘rganing, tafakkur va tadabbur qiling. Bu qalbda xushu’ (diqqat va kamtarlik) hosil qiladi.

Shuningdek, namozdagi har bir so‘z va harakatning ma’nosini tushunishga harakat qiling. Ma’nosini bilganingiz sari diqqat va tafakkur oshadi.

Doimiy ravishda Allohga duo qilib so’rang, va Alloh taolo o’zi yo’l ko’rsatadi.


Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Yangi namoz boshlagan onamga vitrni o‘rgatmay tursam bo‘ladimi?

    November 28, 2025
  • Namozda kulsa tahorat sinadimi?

    October 31, 2025
  • 3 yoki 4 rakaatli jamoat namozining oxirgi rakaatiga ulgurgan kishi namozni qanday tamomlaydi?

    October 29, 2025
  • Ikki sajda orasida “raf’ul yadayn” qilish sunnatmi?

    October 27, 2025
  • Namozda Fotiha surasini imomdan avval tugatish hukmi.

    October 4, 2025
  • Sajdada oyoq barmoqlari yerdan uzilsa namoz buziladimi?

    October 1, 2025