Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Namozdan keyin qo’l ochib duo qilish

Namozdan keyin qo’l ochib duo qilish

Nashr sanasi: April 20, 2025

Savol :

Onam namozdan keyin duo qiladilar. Ularga qo‘shilib men ham qo‘llarimni ochib tursam bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Asli joiz amal. Lekin, agar aynan shu vaqtda qo‘l ko‘tarmasa, namoz to‘liq bo‘lmaydi, chala bo‘ladi degan e’tiqodda qilinsa bid’atdir

Bismillah.
Alloh taolo hamdu sanolar bo‘lsin. Undan keyin payg‘ambar bo‘lmaydigan Payg‘ambarimizga, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salovot va salomlar bo‘lsin.

Shundan so’ng:

Aslida bu mumkin bo‘lgan narsa. Namozdan keyin duo qilish, masalan, qo‘l ko‘tarib duo qilish joizdir. Lekin namozdan keyin albatta duo qilish kerak degan tushuncha paydo bo‘lib qolganligi uchun bu ish bid’at deb aytiladi. Aslida esa istalgan paytda duo qilsa bo‘laveradi, masalan, qo‘l ko‘tarib, xohlagan vaqtda duo qilish mumkin.

Nega endi namozdan keyin bo‘lmasligi kerak? Aksincha, namozdan keyingi duo ta’kidli hisoblanadi, chunki solih amal – ya’ni namozdan keyingi duo ijobat bo‘lishiga yaqin bo‘ladi. Duo qilinsa, o‘sha solih amalni vosita qilib, Alloh taolodan so‘rash bo‘ladi.

Lekin odamlarda shunday tushuncha paydo bo‘lib qolgan: agar aynan shu vaqtda qo‘l ko‘tarmasa, namoz to‘liq bo‘lmaydi, chala bo‘ladi degan e’tiqod bor. Mana shu noto‘g‘ri tushuncha mavjudligi sababli, bu amal “bid’at” deb aytiladi.

Agar sizda bu kabi e’tiqod bo‘lmasa, masalan: “Yo‘q, men unday deb o‘ylamayman. Onam duo qilayotgan ekanlar, men ham ularga qo‘shildim,” desangiz – bu holda hech qanday zarar yo‘q. Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Karnay orqali azon eshitilsa, masjidga borish vojib bo‘ladimi?

    July 22, 2025
  • 12 yoshdaman, juma namoziga chiqishim vojibmi?

    July 17, 2025
  • Uyni bitishidan avval sotib olish hukmi.

    July 16, 2025
  • Erim bilan chiqisha olmayapman, oylab gaplashmaydi, uch farzandimiz bor. Yashashni ham, ajrashishni ham bilmayapman. Nima qilay?

    July 12, 2025
  • Namoz o‘qishni yangi o‘rganayotgan ayolim orqamda turib namoz o‘qisa, qabul bo‘ladimi?

    July 9, 2025
  • Peshin namozining avvalidagi to‘rt rakat sunnatini ikki rakat qilib o‘qisam bo‘ladimi?

    July 9, 2025