Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Namozdagi hatolik

Namozdagi hatolik

Nashr sanasi: April 11, 2025

Savol :

Rukuda “Subhana robbiyal ‘azim” deyish o‘rniga “Subhana robbiyal a’la” ni uch marta takrorlab yubordim. Keyinroq bu xatoyimni anglab yetdim va namoz oxirida sajdai sahv qildim. Shu xato uchun sajdai sahv qilish kifoyami yoki namozni qaytadan o‘qish lozimmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Rukuda “Subhana robbiyal ‘azim” deyish o‘rniga “Subhana robbiyal a’la” deb aytib sajdai sahv qilingan. Shuning uchun Hanafiy mazhabi va Hanbaliy mazhabi bo‘yicha ham namoz sahih bolgan.

Bu masala fuqaholar o‘rtasida ixtilofli hisoblanadi. Hanafiy mazhabi fiqhi bo‘yicha qaralganda, bunday holatda savol qilinmaydi. Ya’ni, bilmay qilganingiz uchun gunohkor ham bo‘lmaysiz. Hatto sajdai sahv ham shart emas, namozingiz to‘g‘ri hisoblanadi.
Ammo Hanbaliy mazhabi bo‘yicha rukuda “Subhana robbiyal ‘azim” ni aytish, sajdada esa “Subhana robbiyal a’la” ni aytish vojib hisoblanadi. Shuning uchun ular bu xatolikni jiddiyroq baholaydi.
Umuman olganda, namoz to‘g‘ri bo‘lgan. Siz sajdai sahvni bajargan ekansiz, bu bilan namozingiz sahih bo‘lgan hisoblanadi. Agar bajarmagan taqdiringizda ham, hanafiy mazhabi fiqhiga ko‘ra, namoz sahih bo‘ladi. Chunki bu sunnat amal sanaladi.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Yangi namoz boshlagan onamga vitrni o‘rgatmay tursam bo‘ladimi?

    November 28, 2025
  • Namozda kulsa tahorat sinadimi?

    October 31, 2025
  • 3 yoki 4 rakaatli jamoat namozining oxirgi rakaatiga ulgurgan kishi namozni qanday tamomlaydi?

    October 29, 2025
  • Ikki sajda orasida “raf’ul yadayn” qilish sunnatmi?

    October 27, 2025
  • Namozda Fotiha surasini imomdan avval tugatish hukmi.

    October 4, 2025
  • Sajdada oyoq barmoqlari yerdan uzilsa namoz buziladimi?

    October 1, 2025