Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Namozda yig‘i kelsa, namoz buziladimi?

Namozda yig‘i kelsa, namoz buziladimi?

Nashr sanasi: August 27, 2025

Savol :

Insonga og‘ir musibat kelganda tabiiyki yig‘isi keladi. Agar namozda Allohdan sabr so‘rab yig‘lab yuborsa, namoz buziladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Yo‘q, agar banda namozda Allohdan so‘rab, ibodat davomida ta’sirlanib yig‘lasa, namoz buzilmaydi. Chunki bu Allohga iltijo va ibodat sanaladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Yo‘q, agar banda namozda Allohdan so‘rab, ibodat davomida ta’sirlanib yig‘lasa, namoz buzilmaydi. Chunki bu Allohga iltijo va ibodat sanaladi. Rasululloh ﷺ ham namozda yig‘laganlar. Rivoyatda kelishicha, u zotning ko‘ksidan qozon qaynayotgandek ovoz chiqardi.

Shuning uchun agar inson oxiratni o‘ylab, Allohdan qo‘rqib yoki sabr so‘rab yig‘lasa — bu namozni buzmaydi.

Ammo agar yig‘isi dunyoviy narsaga bog‘liq bo‘lsa, masalan odamlarga, tashqi voqealarga ta’sirlanib yig‘lasa, u holda ulamolar orasida ixtilof bor: ba’zilarga ko‘ra, bu “odamlar gapiga o‘xshash” bo‘lib, namozni buzishi mumkin; boshqalarga ko‘ra esa buzmaydi.

Xulosa shuki, namoz o‘qiyotganda xayolni Allohga qaratish lozim. Agar yig‘i ibodat va Allohga iltijo sababli bo‘lsa — namoz buzilmaydi.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Yangi namoz boshlagan onamga vitrni o‘rgatmay tursam bo‘ladimi?

    November 28, 2025
  • Namozda kulsa tahorat sinadimi?

    October 31, 2025
  • 3 yoki 4 rakaatli jamoat namozining oxirgi rakaatiga ulgurgan kishi namozni qanday tamomlaydi?

    October 29, 2025
  • Ikki sajda orasida “raf’ul yadayn” qilish sunnatmi?

    October 27, 2025
  • Namozda Fotiha surasini imomdan avval tugatish hukmi.

    October 4, 2025
  • Sajdada oyoq barmoqlari yerdan uzilsa namoz buziladimi?

    October 1, 2025