Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Namozda sano duosi o‘rniga boshqa duo o‘qish mumkinmi?

Namozda sano duosi o‘rniga boshqa duo o‘qish mumkinmi?

Nashr sanasi: August 6, 2025

Savol :

Namozni boshlashda “Sano” duosi o‘rniga boshqa bir duo o‘qisam ham bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Yo‘q, bo‘lmaydi. Chunki Rasululloh ﷺ: “Sizlar meni qanday namoz o‘qiyotganimni ko‘rsangiz, shunday namoz o‘qinglar,” deb aytganlar.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Yo‘q, bo‘lmaydi. Chunki Rasululloh ﷺ: “Sizlar meni qanday namoz o‘qiyotganimni ko‘rsangiz, shunday namoz o‘qinglar,” deb aytganlar.

Ya’ni, bizda mashhur bo‘lgan “Subhānakallāhumma wa bihamdik…” duosi aynan Rasululloh ﷺdan rivoyat qilingan. Albatta, boshqa duolar ham bor — ya’ni, Rasululloh ﷺdan kelgan boshqa variantlar ham bo‘lishi mumkin — lekin ularning har biri Rasululloh ﷺ tomonidan o‘qilgan bo‘lishi kerak.

Ammo agar inson o‘zidan o‘zi boshqa duo, masalan “Rabbana ātinā…” kabi duoni o‘qisa, bu duo “sano” duosi o‘rnini bosa olmaydi. Chunki namozda biz Rasululloh ﷺ qanday o‘qigan bo‘lsalar, shunday o‘qishga majburmiz. O‘zimizcha o‘ylab, namozga yangi zikr yoki duo kiritish mumkin emas.

Masalan, at-Tahiyyat, Allāhu Akbar, Sami‘allāhu liman ḥamidah kabi zikrlarni o‘rniga boshqa narsa o‘qish mumkin emas. Har bir zikr va duo Rasululloh ﷺ aytganidek bo‘lishi shart. Fotiha surasi ham shunday: uning o‘rniga boshqa sura o‘qish mumkin emas — Fotiha o‘qilishi farzdir.

Faqatgina ba’zi joylarda, masalan Fotiha o‘qilgandan keyin boshqa sura o‘qiladigan joylarda, yoki salomdan oldingi duoda — “so‘ng xohlagan duoyingizni qiling” degan izn bo‘lgan joylarda — inson o‘zi istagan duoni o‘qishi mumkin.

Lekin aniq belgilangan joylarda (masalan ruku’, sajda, va tashahhud kabi hollarda) o‘zicha narsa qo‘shish yoki o‘zgartirish sunnatga zid bo‘ladi. Hatto ba’zi ulamolar aytadiki, agar inson ataylab bunday qilsa, ba’zi mazhablarga ko‘ra namoz ham buziladi. Hanafiy mazhabida esa bu namozni buzmaydi, lekin sunnatni tark qilgan hisoblanadi.

Ba’zi Hanbali ulamolari esa bunday ataylab tark qilishni namozni buzuvchi deb hisoblaydilar. Shu bois, bunday yo‘lga umuman o‘tmaslik kerak. Rasululloh ﷺ qanday namoz o‘qigan bo‘lsalar, o‘sha tarzda namoz o‘qishga harakat qilish lozim.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Namozda Fotiha surasini imomdan avval tugatish hukmi.

    October 4, 2025
  • Sajdada oyoq barmoqlari yerdan uzilsa namoz buziladimi?

    October 1, 2025
  • Imom namoz yarmida tahorati yo‘qligini eslasa, nima qiladi?

    September 14, 2025
  • Bir kishi bir namozda ikki jamoatga imom bo‘lishi.

    September 13, 2025
  • Ayollar namozxonasi masjiddan ajralgan bo‘lsa, imomga iqtido qilsa bo‘ladimi?

    September 11, 2025
  • Imom bilan muqtadiylar orasida qancha masofa bo‘lishi kerak?

    September 7, 2025