Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Namoz o‘qiyotgan kishining oldidan o‘tish

Namoz o‘qiyotgan kishining oldidan o‘tish

Nashr sanasi: April 14, 2025

Savol :

Haram ichida namoz vaqtida sutra qo‘yilganiga qaramay, odamlar namoz o‘qiyotgan kishining oldidan o‘tib ketaveradilar. Odam ularni to‘xtatishga uyaladi. Oxirgi 1-2 safardan beri, hadisda aytilganidek, ularni to‘xtatishga harakat qilyapman. Ko‘pincha esa to‘xtatishga ulgurmay qolaman. Shunda, to‘xtatmaganim uchun gunohkor bo‘lamanmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar barcha choralarni ko‘rgan bo‘lsangiz va baribir kimdir oldingizdan o‘tib ketsa, lekin siz uni to‘xtatishga ojiz bo‘lsangiz — bu holatda siz gunohkor bo‘lmaysiz. Chunki siz qo‘lingizdan kelgancha taqvo qilgansiz. Alloh barchasini ko‘rib turibdi. Vallohu a’lam.

Avvalo, imkon qadar odamlar o‘tmaydigan joyda namoz o‘qishga harakat qiling. Agar bunday joy bo‘lmasa va odamlar o‘tishi ehtimoli bo‘lsa, siz qo‘lingizdan kelgancha ehtiyotkorlik bilan amal qilyapsiz — demak, bu kifoya.

Iloji boricha odamlar harakatlanadigan joylarda emas, chetroqda, devor, ustun yoki gilam solingan joylarda, oldingizga sutra qo‘yib namoz o‘qing. Chunki sutra bor joyda odam o‘tib ketmaydi. Agar odam yuradigan joyda turib namoz boshlasangiz, ana shunday muammoga duch kelasiz.

Masalan, Madina masjidlarida, ayniqsa, ichkarida odamlar oldingizdan o‘tmaydi. Lekin Haramda, ayniqsa Tavof maydonida, Maqom Ibrohim yonida namoz o‘qilsa, odamlar ustingizdan ham o‘tib ketaveradi. Bu holatda siz ularni to‘xtata olmaysiz, chunki joyning o‘zi notog‘ri tanlangan bo‘ladi. Shuning uchun, imkon bo‘lsa, chetroqqa o‘tib, odamlar harakat qilmaydigan joyda namoz o‘qish kerak.

Agar barcha choralarni ko‘rgan bo‘lsangiz va baribir kimdir oldingizdan o‘tib ketsa, lekin siz uni to‘xtatishga ojiz bo‘lsangiz — bu holatda siz gunohkor bo‘lmaysiz. Chunki siz qo‘lingizdan kelgancha taqvo qilgansiz. Alloh barchasini ko‘rib turibdi. Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ustoz, otam namoz o‘qimaydilar. U kishini qanday qilib ko‘ngillariga og‘ir botmaydigan tarzda namozga chaqirsam bo‘ladi?

    June 4, 2025
  • Mahsiga mash tortish uchun tahorat bo‘lishi kerakmi? Va uning shartlari qanday?

    June 4, 2025
  • Juma namoziga borishdan xavfsirayotgan kishi nima qilishi kerak?

    June 4, 2025
  • Xufton va vitr namozlarining qazosini o’qilish vaqtlari haqida

    June 1, 2025
  • Imomlik qilish mezonlari

    June 1, 2025
  • Ko‘chada namoz o‘qish imkoniyati yo‘q bo‘lsa, ayol namozni jamlasa bo‘ladimi?

    May 26, 2025