Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Namoz o‘qishni yangi o‘rganayotgan ayolim orqamda turib namoz o‘qisa, qabul bo‘ladimi?

Namoz o‘qishni yangi o‘rganayotgan ayolim orqamda turib namoz o‘qisa, qabul bo‘ladimi?

Nashr sanasi: July 9, 2025

Savol :

Mening ayolim namoz o‘qishni bilmaydi. Endi o‘rganib, mening orqamda turib menga qo‘shilib namoz o‘qiyapti. Shu namozlari qabul bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Hozircha sizga iqtido qilib o‘qiyapti — bu sahih. Asosiy e’tibor Fotiha surasini o‘rganish va tahoratni to‘g‘ri qilishga qaratilsin. Qolganini esa asta-sekin o‘rganib ketadi, in shaa Alloh.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar ayolingiz sizga iqtido (ya’ni sizga ergashib) namoz o‘qiyotgan bo‘lsa, bu holatda namozi sahih bo‘ladi, in shaa Alloh. Biroq, ayol kishi o‘zining yakka o‘qiydigan namozlarida (masalan, sunnatlarda) hech bo‘lmasa Fotiha surasini o‘qishi lozim.

Agar Fotiha surasini yodlay olmagan bo‘lsa, uni yozib olib, qarab o‘qishi mumkin. Namozda o‘qish uchun Fotiha juda muhim. Qolgan qismlar — At-Tahiyyat, qunut, salovot — sekin-sekin o‘rganiladi. Muhimi — harakat qilish.

Shuningdek, tahoratni to‘g‘ri olishni ham o‘rgating. Fotiha surasini yodlab olsa, qolganini Allohning izni bilan o‘rganib oladi. Ijtihod qilsa, qisqa vaqtda o‘zlashtiradi.

Xulosa:
Hozircha sizga iqtido qilib o‘qiyapti — bu sahih. Asosiy e’tibor Fotiha surasini o‘rganish va tahoratni to‘g‘ri qilishga qaratilsin. Qolganini esa asta-sekin o‘rganib ketadi, in shaa Alloh.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Yangi namoz boshlagan onamga vitrni o‘rgatmay tursam bo‘ladimi?

    November 28, 2025
  • Namozda kulsa tahorat sinadimi?

    October 31, 2025
  • 3 yoki 4 rakaatli jamoat namozining oxirgi rakaatiga ulgurgan kishi namozni qanday tamomlaydi?

    October 29, 2025
  • Ikki sajda orasida “raf’ul yadayn” qilish sunnatmi?

    October 27, 2025
  • Namozda Fotiha surasini imomdan avval tugatish hukmi.

    October 4, 2025
  • Sajdada oyoq barmoqlari yerdan uzilsa namoz buziladimi?

    October 1, 2025